Kontent qismiga oʻtish

Maya K. Peterson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maya K. Peterson
Tavalludi 19-aprel 1980-yil
Vafoti 16-iyun 2021-yil(2021-06-16)
(41 yoshda)
Santa Cruz, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Swarthmore kolleji (BA)
Garvard universiteti (MA, PhD)
Turmush oʻrtogʻi A. Marm Kilpatrick
Onasi Indira Viswanathan Peterson[1]

Maya Karin Peterson (1980-yil 19-aprel – 2021-yil 16-iyun) – amerikalik tarixchi. Santa Kruzdagi Kaliforniya universitetida tarix boʻyicha professor boʻlib ishlagan. Markaziy Osiyoning ekologik tarixini oʻrgangan.

Peterson 2019-yilda chop etilgan „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin“ kitobi bilan tanilgan. Asarda Orol dengizi fojiasi, xususan, unga sabab boʻlgan sovet va postsovet hukumatlarning siyosatlari haqida hikoya qilinadi. Peterson 2021-yilda 41 yoshida tugʻruq paytida vafot etgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maya Karin Peterson 1980-yil 19-aprelda tugʻilgan va Massachusets shtatida ulgʻaygan[2]. Uning ota-onasi Mount Holyoke kollejida professor boʻlib ishlagan[2]. Peterson Swarthmore kollejida tarix boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Garvard universitetidan magistrlik darajasini olgan[3]. 2011-yilda esa ayni taʼlim muassasasida PhD darajasini olgan[2] va universitetning Fan tarixi kafedrasida postdoktorant oʻlaroq faoliyat boshlagan[4].

2012-yilda Peterson Myunxendagi Rachel Carson atrof-muhit va jamiyat markaziga tashrif buyurgan va izlanishlari davomida u yerga bir necha marta qaytib borgan[5]. Oʻsha yili Peterson Santa Kruzdagi Kaliforniya universitetida dotsent, 2019-yilda esa doimiy professor etib tayinlangan[4].

Oʻz tadqiqotlari davomida Peterson Markaziy Osiyo boʻylab sayohat qilgan[2]. Oʻz izlanishlari davomida asosiy eʼtiborini Orol dengizidagi oʻzgarishlar, shuningdek, irrigatsiya atrof-muhitga hamda mintaqada yashovchi odamlarning sogʻligʻiga koʻrsatayotgan taʼsirga qaratgan[5]. Petersonning izlanishlari hamkasblari tomonidan keng maqtovga sazovor boʻlgan[6].

Peterson 2021-yil 16-iyun kuni tugʻruq paytida toʻsatdan vafot etgan[4].

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Bruno 2022, s. 295.
  3. Karch, Brendan „Maya K. Peterson (1980–2021)“. Historians (2022-yil 31-mart). Qaraldi: 2024-yil 21-avgust.
  4. 4,0 4,1 4,2 Cameron, Derr & Obertreis 2022, s. 203.
  5. 5,0 5,1 Liepold 2022, s. 645.
  6. Bruno 2022, s. 296.