Peter Olayinka
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Peter Olayinka Oladeji | ||
Tavallud sanasi | 18-noyabr 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Ibadan, Nigeriya | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Slavia Prague | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2010—2012 | 36 Lion FC | ||
2012—2013 | Bylis | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Bylis | 14 | (0) |
2013—2014 | → Yenicami Ağdelen S. K. (ijara) | 21 | (8) |
2014—2016 | Skënderbeu Korçë | 33 | (16) |
2016—2018 | K. A. A. Gent | 0 | (0) |
2016—2017 | → Dukla Prague (ijara) | 29 | (6) |
2017—2018 | → Zulte Waregem (ijara) | 35 | (11) |
2018— | Slavia Prague | 102 | (27) |
Milliy terma jamoa | |||
2019— | Nigeriya | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (16-noyabr uchun) |
Peter Olayinka Oladeji (talaffuzi: Piter Olayinka Oladeji; 1995-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — nigeriyalik futbolchi, „Slavia“ futbol klubi va Nigeriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olayinka oʻz faoliyatini oʻz Vatanida boshlagan. 2012-yilda uni Albaniyaning „Bylis“ futbol klubi skautlari payqab qolishgan va jamoaga taklif qilishgan. 20-oktabr kuni „Luftëtari“ futbol klubi bilan oʻyinda u Albaniya Superligasida debyut qilgan[1]. 2013-yil 4-fevral kuni Albaniya kubogi doirasida „Teuta“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Olajinka „Bylis“ futbol klubi safida ilk golini urgan[2]. Oʻsha yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Peter Oladeji turkiyaning „Janikami Agdele“n futbol klubi safida ijara asosida oʻynagan. 2014-yilning yozida Olayinka „Skënderbeu Korçë“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-sentabr kuni „Apollon“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u yangi klubi safida debyut qilgan[3]. 25-oktabr kuni „Vllaznia Shkodër“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Peter „Skënderbeu Korçë“ futbol klubi safida ilk golini urgan[4]. 2015-yilda u jamoaning chempion bo‘lishiga yordam bergan.
2016-yilning yozida Olayinka Belgiyaning „Gent“ jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 1,1 million yevroni tashkil qilgan. Darhol oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Peter Oladeji chexiyaning „Dukla Prague“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 29-iyul kuni „Teplice“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gambrinus Ligasida debyut qilgan[5]. 6-avgust kuni „Slovácko“ futbol klubiga qarshi bahsda Olajinka „Dukla Prague“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urgan[6].
2017-yilning yozida Peter Oladeji „Zulte Waregem“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 29-iyul kuni „Eupen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupilligada debyut qilgan[7]. 18-avgust kuni „Standard Liège“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Olayinka „Zulte Waregem“ futbol klubi safida ilk golini urgan[8]. 2018-yilning yozida Peter Oladeji Praganing „Slavia“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 3-avgust kuni „Opava“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan[9]. Oʻsha oʻyinda Olayinka „Slavia“ futbol klubi safida ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning 13-oktabr kuni Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Olainika Nigeriya terma jamoasi safida debyut qilgan[10].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
K. S. Bylis Ballsh Albaniya | 2012—2013 | 14 | 0 | 10 | 3 | — | 24 | 3 | |
Jami | 14 | 0 | 10 | 3 | 0 | 0 | 24 | 3 | |
K. F. Skënderbeu Korçë Albaniya | 2014—2015 | 15 | 6 | 2 | 3 | — | 17 | 9 | |
2015—2016 | 18 | 10 | 3 | 0 | 6 | 0 | 27 | 10 | |
Jami | 33 | 16 | 5 | 3 | 6 | 0 | 44 | 19 | |
F. K. Dukla Praga Chexiya | 2016—2017 | 29 | 6 | 2 | 0 | — | 31 | 6 | |
Jami | 29 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 31 | 6 | |
S. V. Zulte Waregem Belgiya | 2017—2018 | 35 | 11 | 2 | 0 | 4 | 0 | 41 | 11 |
Jami | 35 | 11 | 2 | 0 | 4 | 0 | 41 | 11 | |
S. K. Slavia Praga Chexiya | 2018—2019 | 24 | 6 | 5 | 0 | 10 | 0 | 39 | 6 |
2019—2020 | 20 | 4 | 0 | 0 | 8 | 1 | 28 | 5 | |
2020—2021 | 24 | 6 | 2 | 1 | 13 | 4 | 39 | 11 | |
2021—2022 | 24 | 6 | 3 | 1 | 13 | 4 | 40 | 11 | |
2022—2023 | 10 | 5 | 2 | 2 | 11 | 4 | 23 | 11 | |
Jami | 102 | 27 | 12 | 4 | 55 | 13 | 169 | 44 | |
Umumiy faoliyatida | 213 | 60 | 31 | 10 | 65 | 13 | 309 | 83 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Бюлис VS. Люфтетари 2:0“ (en). soccerway.com (2012-10—20). 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Теута VS. Бюлис 2:3“ (en). soccerway.com (2013-02—04). 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Аполония VS. Скендербеу 0:0“ (en). soccerway.com (2014-09—14). 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Скендербеу VS. Влазния 3:0“ (en). soccerway.com (2014-10—25). 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Дукла Прага VS. Теплице 0:1“ (en). soccerway.com (2016-07—29). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Словацко VS. Дукла Прага 2:2“ (en). soccerway.com (2016-08—06). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Эйпен VS. Зюлте-Варегем 0:5“ (en). soccerway.com (2017-07—29). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Стандард Льеж VS. Зюлте-Варегем 0:4“ (en). soccerway.com (2017-08—18). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Славия Прага VS. Опава 3:1“ (en). soccerway.com (2018-08—03). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Бразилия VS. Нигерия 1:1“ (en). soccerway.com (2019-10—13). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.