Kontent qismiga oʻtish

Peroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peroz I
Peroz
Eron sosoniylarining Shahanshohi
Mansab davri
461-yil – 484-yil
Oʻtmishdoshi Ormizd I
Vorisi Balash
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi V asr
Otasi Yazdigard II
5-asr oʻrtalarida Sosoniylar imperiyasi
Kidariylar hukmdorining V asrdagi tangasi
Peroz I (Feruz) I oltin tangasi 466-yilda, u Toxaristonda kidoriylar hukmronligiga barham berganidan soʻng qisqa vaqt ichida Balxda zarb qilingan. U old tomonida ikkinchi toji bilan tasvirlangan.
Eftalit hukmdori tomonidan zarb qilingan tanganing old tomoni toj kiygan Peroz I (Feruz) nikiga taqlid qiladi.
Taxtda oʻtirgan Peroz I (Feruz) I tasviri
Peroz I (Feruz) I kumush tangasi, Darabgerd zarbxonasi
Perozning ovdagi rasmi

Peroz I (Firuz) I (pahlaviy. 𐭯𐭩𐭫𐭥𐭰) - Eron sosoniylari podshosi (shahanshoh), 461 / 462 - 484-yillarda hukmronlik qilgan. Sosoniylar sulolasi vakiliYazdigerd II va Denakning o'g'li.[1]

"Peroz I (Feruz)" forscha ism bo'lib, "g'olib" degan ma'noni anglatadi. U parfiya tilida Pērōž nomi bilan aytilgan, yangi forscha shakli esa Pīruz (arablashgan shakli: Fīrūz). Turkiy tillarda Feruz deb aytiladi. Peroz I (Feruz) yunon tiliga Peroz I (Feruz)es (Inesos) deb tarjima qilingan. Peroz I (Feruz) ismining gruzincha variant ham bor. Armancha tilda Peroz I (Feruz) (Պերոզ) forscha asl ism imlosiga mos keladi. Peroz I (Feruz) nomini allaqachon 3-asrda sosoniylar oilasi a'zolari, ya'ni Kushon- Sosoniylar hukmdori Peroz (Feruz) Kushonshoh ishlatgan.

Taxt uchun kurash va hukmronlikning dastlabki yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yazdigerd II vafotidan soʻng uning saltanati uchun ikki oʻgʻli Oʻrmizd III va ukasi Peroz I (Feruz) oʻrtasida kurash boshlanadi. Hokimiyatga intilayotgan Peroz I (Feruz) Sosoniylar davlati uchun daxshatli oqibatlarga olib keladigan xatti-harakat qiladi. U yordam so'rab eftalitlarga murojaat qiladi. Eftalitlar Eron taxtida o’zining vassali bo’lishini maqsad qilib, Peroz I (Feruz)ni qoʻllab-quvvatladilar. Hormizd magʻlub boʻldi va oʻldirildi.

Peroz tangasi

Peroz I (Feruz) Eron taxtini egallaganida, u hali juda yosh edi. At-Tabariyning taʼkidlashicha, aka-uka oʻrtasidagi ichki nizolar davrida mamlakatni ularning onasi Denak boshqargan. Uning Peroz I (Feruz) hukmronligining dastlabki yillarida hukmdor bo’lib hokimiyatni boshqargani haqidagi manbalarda ma’lumotlar aniq emas. Ayni paytda mamlakatda va uning chegaralarida vaziyat juda og'ir edi. Ketma-ket yetti yil davomida mamlakat qattiq qurg'oqchilikka duchor bo'ldi. Natijada ocharchilik yuz berdi. Hukumat bir qator chora-tadbirlarni tashkil etishga muvaffaq bo'ldi. Davlat omborlarini kambag’allarga ochdi, yirik yer egalarini o'z zaxiralarini aholi bilan bo'lishishga majbur qilindi.[1] Falokat yillarida ko'plab shaharlar vayronaga aylanganligi sababli, shaharlarni tiklash va uchta yangi shaharni qurish dasturi ishga tushirildi.[2] Mablag’ yetishmasligi tufayli Peroz I g'arbiy hududlardagi chegaradosh qo'shni davlat- Vizantiya imperatoridan qarz so'rashga majbur bo'ldi.

Xristianlarni ta'qib qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xristianlarning ta'qib qilinishiga kelsak, manbalarda ma'lumotlar bir-biriga qarama-qarshidir. Masalan, arman tarixchisi Sebeos shunday deb yozgan edi: "Fors shohi Peroz I (Feruz) davrida nasroniy ta'limotiga nisbatan har qanday takomillashtirish, tartib va (tolerantlik) to'xtadi va bizning zodagonlarimizga shunday zulm, xavf, ta'qib va nafrat keldiki, ular ozodlik uchun kurashga bel bog’lashdi»[3]. Biroq Evagrius Sxolastik va Kesariyalik Prokopiy, otasi va bobosidan farqli o'laroq, Peroz I (Feruz) nasroniylarga zulm qilmadi, aksincha, u diniy bag’ri kenglik siyosatini olib bordi degan ma'lumotni bergan. Shunday qilib, shoh Nisibin yepiskopi Bar Saumaga chegara qo'shinlarini nazorat qilishni va Eron-Vizantiya chegarasini belgilash bo'yicha komissiyada ishtirok etishni buyurdi. Agar shohda barcha nasroniylarga nisbatan dushmanlik hissi bo'lsa, bunday topshiriqni nasroniy insonga bermas edi.

Vizantiya imperiyasining sharqiy hududlari aholisining markaziy hukumat va dogmatik nasroniylar o'rtasidagi nizolardan foydalanib, Peroz I (Feruz) Nestorianlarni pravoslav cherkoviga qarshi kurashda qo'llab-quvvatladi. Oʻshandan beri Nestorianlik Eron va Oʻrta Osiyoda xristianlarning yetakchi mazhabiga aylandi.

Shimoliy va sharqiy ko'chmanchilar bilan urush

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu orada ko'chmanchilar bilan og'ir urush ketayotgan edi, ularning qo'shinlari deyarli har yili Sosoniylar davlatining sharqiy va shimoliy chegaralariga hujum qilib talonchilik bilan shug’ullanishardi. Kaspiyning sharqiy sohilida kidariylar bilan urush davom etdi. 468-yilda taxtni o’z qo’liga olgan Peroz I (Feruz) nihoyat “Kidariylar masalasini” hal qildi. Kidariylarning poytaxtini (hozirgi Oʻzbekistonning Qarshi vohasidagi Yerqoʻrgʻonni) egalladi. Kidariylar qolgan qismini eftalitlar bo'ysundirib, ular o'sha paytdan boshlab Eron bilan umumiy chegaraga ega bo'lgan. Eftaliylar yanada dahshatli va xavfli dushman edi. 5-asr oʻrtalarida eftaliylarning qudrati eng yuqori choʻqqisida edi – ularning mulklari Xotandan Amudaryogacha, shu jumladan butun Oʻrta Osiyoni qamrab olgan. Ko'chmanchilar bilan urush Eron uchun juda og'ir kechdi. Rivoyatlardan birida aytilishicha, Peroz I (Feruz) hukmronligining 11-yilida kuchli qoʻshin boshchiligida eftaliylar podshosi Axshunvarga qarshi chiqadi.

Ochiq jangdan qochib, Axshunvar forslarni tuzoqqa ilintirmoqchi bo'ldi. Eftalit qo'shini uzoq tog' yo'li bo'ylab chekinishni boshladi, bu esa Sosoniylar uchun boshi berk ko'chaga kirish edi. Forslar tog'larga chuqur kirib borishganda, eftalitlar kutilmaganda ularga old va orqa tomondan hujum qilishdi. Kesariyalik tarixchi Prokopiy asarida xabar berilishicha eftalitlar hukmdori Axshunvar Shahanshoh uning hukmronligini tan olib, uning oldida ta’zim qilsa, sosoniylarga rahm qilishga tayyor ekanligini aytadi. Peroz (Feruz) tiz cho’kib kechirim so’rasa rahm qilishi kerak edi. Shu bilan birgalikda forslar endi hech qachon eftaliylar qabilasiga qarshi urushga bormasligiga qasamyod qilishi ham talab etilgan edi. Buni eshitgan Peroz unga hamroh boʻlgan kohinlar bilan maslahatlashib, dushmanlar talab qilgan ishni qilish kerakmi yoki boshqa chorasini qilish kerakmi, deb soʻraydi. Kohinlar unga javobni shunday berishdi: Peroz dushmanni mahorat bilan aldashini, chunki har kuni quyosh chiqishini sajda bilan kutib olish forslarning odatidir. Shuning uchun, Eftalitlar shohi bilan uchrashish uchun siz kunning boshlanishini aniq bilib olishingiz va ko'tarilgan quyosh tomonga qarab, yuzingizni quyoshga qaratib ta’zim qilishingiz kerak” deb maslahat beradi. Shunday qilib, u Eftaliylardan “kechirim so’rash” harakatlaridan keladigan sharmandalikdan qochishi mumkin bo’ldi. Peroz urush olib bbormaslikka qasam ichdi, kohinlarning ko'rsatmalariga ko'ra dushmanga ta’zim qilib salom berdi va qo'shinini omonlikda olib qolib, uyiga mamnun qaytdi.[4]

Toʻliq magʻlubiyatga uchramaslik uchun Peroz I (Feruz) Axshunvor taklif qilgan ogʻir tinchlik shartlariga rozi boʻldi: U Baqtriyaning Talakan shahrini va boshqa hududiy savdo imtiyozlarni eftalitlarga berdi. Bundan tashqari, to'lov sifatida, tarixchi Yeshu Stilite keltirgan xabarga ko'ra, shoh oltin yuklangan 30 xachirni berishi kerak edi. Peroz I (Feruz) bunchalik katta mablag'ni birdan yig'a olmadi. U 20 ta xachirni berdi, qolgan 10 ta xachir oltin uchun oʻgʻli Kavadni eftaliylarga garovga yubordi.[5]

Suriyalik tarixchi Ieshu Stilite Peroz I (Feruz)ning Eftaliylarga ustiga qilgan yana bir muvaffaqiyatsiz yurishi haqida xabar bergan. Shundan so'ng Shoh Sharqiy Rim imperatori Zenon tomonidan qutqarilgan va u forslarga yangi to'lov to'lash uchun qarz sifatida oltin bergan.[6]

Peroz I (Feruz) u yerga qimmatbaho sovgʻalar joʻnatib, Xitoy bilan aloqalarni oʻrnatgan (bir paytlar u yerga oʻrgatilgan filni yuborgan).

Armaniston, Iberiyadagi qoʻzgʻolonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peroz I (Feruz) Kavkazortida Yazdigerd II siyosatini davom ettirib, maʼmuriy boshqaruv mahkamasiga tobora koʻproq forslarni kiritdi, mahalliy yer egalarining bir qismini oʻz tomoniga tortdi, isyonkorlarni yer va boylikdan mahrum qildi. Armanistonda Peroz I (Feruz) katta yer egalarining hokimiyatini bekor qildi va u yerda gubernator qilib Marzpanni tayinladi.

Taxminan bir vaqtning o'zida xun qabila ittifoqi tarkibiga kirgan qabilalar - saragurlar va akatsirlar Kavkaz dovonlari orqali Kavkazortiga bostirib kirishdi. Peroz I (Feruz) Vizantiya imperatoriga urush uchun haq so'rab murojaat qildi. O'rnatilgan tinchlik shartnomalariga ko'ra, Vizantiya ilgari Eronga Kavkaz dovonlarini ko'chmanchilardan himoya qilgani uchun to'lagan. Vizantiya bu to’lovlarni to'lashdan bosh tortdi va saragurlar Vizantiya imperatorining xabarisiz Eron hududlariga bostirib kirishgan.[7]

Kavkazorti xalqlari qo’zg’olon ko’tarib sharqda Peroz I (Feruz)ning yoʻqligi va uning eftaliylarga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatsizliklaridan foydalanib Eron hududiga hujumga o’tadi. 481-484 yillarda Iberiya, Armanistonda yirik qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olonning tashabbuskori va asosiy rahbarlaridan biri Iberiya qiroli Vaxtang Gorgasali edi. Qoʻzgʻolonchilar sosoniylarga va Kavkazning xun qabilalariga qarshi kurashda qatnashgan.

Qo'zg'olonchilar dastlab katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular Iberiyadagi sosoniylarning himoyachilarini yo'q qildilar, Armanistonda Marzpanining qarorgohi Dvin shahrini egallab oldilar va bir necha janglarda sosoniy qo'shinlarini mag'lub etdilar. 482-yilda Dvin qal'asida qo'zg'olonchi armanlar Sahak Bagratuniyni tanur, Vaxan Mamikonyanni Armaniston sparapeti deb e'lon qildilar. Biroq zaiflashgan Sosoniylar davlati ham qoʻzgʻolonchilar uchun juda kuchli edi. Hal qiluvchi jangda qo'zg'olonchilar mag'lubiyatga uchradi, ularning ko'plab rahbarlari, jumladan Sahak Bagratuniy halok bo'ldi. Biroq, qo'zg'olon yana bir necha yil davom etdi va faqat Balash davrida to’xtadi. Shunday qilib, Sosoniylarning Kavkazortidagi hokimiyati tiklandi. Biroq, sosoniylarning zaifligi shundan dalolat beradiki, qo'zg'olondan keyin Eron hukumati Kavkazorti zodagonlari bilan ko'proq hisob-kitob qila boshladi, ularning bir qator imtiyozlarini tikladi,Marzpanlarni forslardan emas, balki ular orasidan tayinlay boshladi.

Peroz I (Feruz)ning oxirgi hujumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vizantiyalik yozuvchi Prisk Paniy Peroz I (Feruz) eftalitlar podshosini haqorat qilgani haqida hikoya qiladi (Prisk ularni kidarit xunlari deb ataydi) – u dastlab asirga olinganda o'z singlisini eftaliylar hukmdoriga turmushga berishga va'da berdi, lekin uning o'rniga boshqa ayolni yubordi. Biroz vaqt o'tgach, usha ayol Eron hukmdorini qilgan ishini aytib beradi, eftaliy hukmdor Kunxa uni jasorati va haqiqati uchun maqtadi, uni xotini sifatida qoldirdi va Peroz I (Feruz)dan qasos olishga qaror qildi. U Peroz I (Feruz)dan fors qoʻmondonlarini qo’shini bilan eftaliylar ixtiyoriga berishni talab qildi va 300 nafar zodagon forslarni qatl qilib, bazilarini Peroz I (Feruz)ga qaytarib yuborishni buyurdi.[8]

Natijada 483 yilda urush qayta boshlandi. Afsonaga ko'ra, eftalitlarga belgilangan chiziqdan o'tmaslikka bergan qasamini buzmaslik uchun u Gurgan shahridan turib qo’shinni boshqargan, chegara toshini (ba'zi manbalarda Bahram V buyrug’I ostida qurilgan butun chegara minorasi) olib tashlashni buyurgan.[9] Arman yilnomachisi Lazar Parpetsining yozishicha, fors askarlari bir necha marta mag'lubiyatdan keyin eftalitlardan qo'rqishgan. Bundan tashqari, chegarani kesib o'tib, shoh kelishuvni buzdi, ya'ni zardushtiylik odatlari bo'yicha og'ir gunohga qo'l urdi, bu ham qo'shinning kayfiyatiga salbiy ta’sir qildi: "Barcha oriylarni yig'ib, anoriy (ya’ni eronlik va eronlik boʻlmaganlar)ni hujumga o’tishga buyruq berdi. Ammo uning qo'shini jangchilardan ko'ra ko'proq jinoyatchilarga o'xshardi.

Eftalitlar Peroz I (Feruz)ning bostirib kirishini haqli ravishda jinoyat deb bilishgan va dushmanni yengish ishtiyoqida yonayotgan edilar. Prokopiyning yozishicha, eftaliylar harbiy hiyla ishlatganlar - ular o'z qo'shinlari oldida chuqur va keng ariq qazib, uni niqoblaganlar. Forslar yaqinlashganda, eftalitlar dushmanni zovurga chorlash maqsadida, orqaga chekindi. Shoh boshchiligida hujumga otlangan fors otliqlari u yerga yetib kelishganda tuzoqqa ilinadi va yoʻq qilindi. Peroz I (Feruz)ning o'zi ko'p o'g'illari bilan birga vafot etdi, ularning jasadlari haqida ma’lumot yo’q[10]. Prokopiy so'zlariga ko'ra“... Peroz, o'ylamasdan qaror qiladigan dadil va jangovar erkak va bundan tashqari, g'ururli edi. Unda ehtiyotkorlikdan ko'ra ko'proq takabburlik bor edi. U eftalitlarga qarshi yurishda, dushmanlarning kuchi tufayli emas, balki o'zining beparvoligi tufayli halok bo'ldi''. [11]Eron ko'plab sharqiy yerlarni, jumladan Marv shahrini vaqtincha yo'qotdi va uzoq vaqt davomida o'lpon to'ladi. "O'shandan beri forslarda dushmanni, garchi u bor kuchi bilan ulardan qochsa ham begona yurtda tezkorlik bilan ta'qib qilish taqiqlangan".

Bu Sosoniylar davlati tarixida misli koʻrilmagan magʻlubiyat edi. Ikki yuz yil davomida rimliklarga qarshi muvaffaqiyatli kurashib kelgan qudratli davlat endi koʻchmanchilarning vassal bo’lib qoldi. Muvaffaqiyatsiz urushlar uchun yig'ilgan soliqlar mamlakatning vayron bo'lishiga olib keldi.

Hukmronlikning davom etishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirineyalik Agatiy tomonidan keltirilgan manbaga ko'ra, Peroz I (Feruz) hukmronligining yigirma to'rtinchi yilida vafot etgan. Musulmon mualliflari Peroz I (Feruz)ga 27 yillik hukmronlik muddatini beradilar. Hamza al-Isfahoniy aytganidek 27 yil 1 oy, Beruniy rivoyatida - 27 yil 1 kun Peroz hukmronlik qilgan. Lazar Parpetsi Peroz I (Feruz) hukmronligining yigirma beshinchi yilida qoʻzgʻolon boʻlganini xabar qiladi. Forslarga qarshi qo'zg'olon Armanistonda boshlandi. Agar biz Lazarning hikoyasiga ishonsak, unda musulmonlarning ma’lumoti aniq bo’lib chiqadi.

At-Tabariyning kitoblaridagi ma’lumotlar alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bir oʻrinda At-Tabariy boshqa Sharq mualliflari kabi Peroz I (Feruz) hukmronligining yigirma yetti yilligi haqida gapiradi. Biroq, at-Tabariy boshqa bir ma’lumotida Peroz I (Feruz) hukmronligi yigirma olti yil yoki yigirma bir kun davom etgan deb aytgan. Buni texnik xato sifatida ko'rish noqonuniy bo'lishi mumkin, chunki shunga o'xshash xabarni at-Tabariy ma'lumotlariga asoslangan boshqa mualliflar ham bergan. Aksincha, at-Tabariy ishlatgan ma'lumotlarga ko'ra, bu xabar qanday paydo bo'lganini tasavvur qilish mumkin. Balamiy tarjimasida Peroz I (Feruz) va eftalitlar oʻrtasidagi urushlar batafsil bayon etilgan. “Arbel xronikasi”dan Peroz I (Feruz)ning avgust oyida vafot etganini bilamiz, garchi manbada yili koʻrsatilmagan bo'lsada. Peroz I (Feruz) Erondan uzoqda, Marvarid yaqinida vafot etdi. Ushbu xabarni poytaxtga yetkazish uchun vaqt kerak bo'ladi. Keyin poytaxtda to'plangan zodagonlar yangi qirol saylashni o'z zimmalariga olishdi va Lazar Parpetsining so'zlariga ko'ra, zodagonlarning o'zaro kelishishi cho’zilgan. Peroz I (Feruz) 484-yil avgustida vafot etdi va Valash shahanshoh deb e'lon qilingan.[11][12]

  • Дашков С. Б. Цари царей — Сасаниды. История Ирана III — VII вв. в легендах, исторических хрониках и современных исследованиях. — М.: СМИ-АЗИЯ, 2008. — 352 с. — 4000 экз. — ISBN 978-5-91660-001-8.
  • Дьяконов М. М. Очерк истории Древнего Ирана. — М.: Издательство восточной литературы, 1961. — 444 с.
  • Мишин Д. Е. Хосров I Ануширван (531–579), его эпоха и его жизнеописание и поучение в истории Мискавейха. — М.: Институт востоковедения РАН, 2014. — 696 с. — ISBN 978-5-89282-588-7.