Kontent qismiga oʻtish

Pavel Pavlov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Pavlov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Valeryevich Pavlov
Tavallud sanasi 12-iyun 1982-yil (1982-06-12) (42 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR, USSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003 Neftchi 3 (0)
2004—2006 Sementchi - (40)
2007 Andijon 8 (1)
2007—2008 Lokomotiv 13 (2)
2009 Soʻgʻdiyona 13 (2)
2009—2010 Shoʻrtan 21 (1)
2011 Neftchi Qoʻchqorota - (4)
Milliy terma jamoa
Oʻzbekiston U20
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Pavel Valeryevich Pavlov (1982-yil 12-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonli sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. Mavsum davomida 3 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Pavel keyinchalik „Sementchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va uch mavsum davomida birinchi ligada oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda 29 ta gol bilan turnir toʻpurari boʻlgan.

2007-yilgi mavsumdan boshlab oliy ligada klublari tarkibida toʻp surgan: „Andijon“, „Lokomotiv“ (Toshkent), „Soʻgʻdiyona“ va Gʻzurning „Shoʻrtan“ klublari sharafini himoya qilgan.

Pavel faoliyati davomida Oʻzbekiston oliy divizionida jami 58 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan.

2011-yilda Qirgʻizistonning oʻsha paytdagi chempioni „Neftchi“ (Qoʻchqorota) jamoasiga kelib qoʻshildi. Bu jamoa bilan u 2011-yilda „Dordoy“ga qarshi oʻyinda (2:1) gollardan birini kiritib , Qirgʻiziston Superkubogi sohibiga aylandi, shuningdek, Qirgʻiziston chempionati kumush medali sovrindori va mamlakat kubogi finalchisiga aylandi. AFC Prezidenti Kubogi bahslarida u Myanmaning „Yadanarbon“ jamoasiga qarshi oʻyinda (8:2) xet-trik qayd etib, 5 uchrashuvda 5 ta gol urdi.[1] 2011-yilgi mavsum yakunida u FFKR[2] ga koʻra Qirgʻiziston chempionatining legionerlar ramziy terma jamoasiga kiritilgan.