Kontent qismiga oʻtish

Paulo Coelho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paulo Coelho
Tavalludi 24-avgust 1947-yil (1947-08-24) (77 yosh)
Kasbi 1982-yildan
Ijod qilgan tillari Portugal tili[1]
Fuqaroligi Braziliya
Shoh asari „Alkimyogar“ (1988)

Paulo Coelho (talaffuzi: Paulo Koelo; 1947-yil 24-avgustda tugʻilgan) — braziliyalik shoir va yozuvchi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coelho 24 avgust 1947 yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tugʻilgan. U oʻsha yerdagi huquqiy sohadagi oʻquv yurtida oʻqigan, lekin 1970 yilda Meksika, Peru, Boliviya,Chili, Yevropa hamda Shimoliy Amerika boʻylab sayohat amalga oshirish uchun oʻqishini tashlagan. 2 yil keyinroq u Braziliyaga qaytib kelib estrada musiqasi uchun sheʼrlar yoza boshlab, Raul Seixas kabi musiqachilar bilan ishladi. Juan Arias bilan boʻlgan intervyuda aytib oʻtganidek, oʻsha paytlarda Coelho qarama-qarshiliklarga ega boʻlgan ingliz mistigi Alester Krovley ijodi taʼsirida boʻlgan. Taʼsir nafaqat musiqa, balki oʻsha Minais Gerais'ga koʻra jamiyatda anarxist jamoa hisoblangan „Alternativ jamiyat“ tuzish planlariga ham oʻtib ketdi. Loyiha Braziliya harbiylari tomonidan jinoiy topilib, ushbu jamoaning barcha aʼzolari, shu jumladan Coelho va Seixas ham qamoq jazosini oʻtashdi. Keyinroq u Gollandiyada uning hayotini oʻzgartirgan hamda xristianlikka yetaklagan bir insonni uchratdi. U RAM (Regnus Agnus Mundi) deb nomlangan Katolik guruhi aʼzoligini qabul qildi. 1986 yilda u qadimiy ispan marosimi boʻlgan va asari „The Piligramage“'da tasvirlangan Santyago yoʻlini bosib oʻtdi. U va uning turmush oʻrtogʻi Kristina Braziliyaning Rio de Janeyrosida yashashadi.

1982 yilda Coelho hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, „Hell Archives“'ni („Doʻzax arxivlari“) yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik „yomon sifati“ uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan „Practical Manual of Vampirism“'ga („Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma“) hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borxesning „Ikki hayolparast ertagi“(„Tale of Two Dreamers“)ga asoslangan „Alkimyogar“ asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin surʼatlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion dʼHonneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan. Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, „Sat down and wept“, „The Valkyries“ni ham yozgan. Koelʼo asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan „The Zahir“ asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari(Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurierʼning Freizeitʼi ham oʻrin olgan. Paulo Coelhoning asarlar dunyoning turli davlatlari qatorida oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan. Xususan, uning „Alkimyogar“ asari 2004 yil Shoir Va tarjimon Aziz Said tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan.

Garchi Coelho xalqaro buyuk muvaffaqiyatga erishgan boʻlsada, uning ishlari oʻz vatanida doim ham bir xil qabul qilinmagan. Baʼzi braziliyalik mualliflar tomonidan asarlari juda oson boʻlgan va oʻziga yordam beruvchi kitoblarga taqqoslangan, past darajadagi muallif sifatida tanqid qilingan. Undan tashqari, uning portugal tilidagi asarlari grammatik xatolar va noaniqliklarga ega boʻlib, baʼzilari keyingi tarjimalarida toʻgʻirlanib yoki keyingi nashrlarida oʻzgartirilgan.

Asarlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1982 Arquivos do Inferno — Hell Archives — Doʻzax arxivlari
  • 1986 O Manual Prático do Vampirismo — Practical Manual of Vampirism — Vampirism amaliy qoʻllanmasi
  • 1987 O Diário de um Mago — The Pilgrimage — Haj
  • 1988 O Alquimista — The Alchemist — Alkimyogar
  • 1990 Brida — Brida -Brida
  • 1991 O Dom Supremo — The Gift — Sovgʻa
  • 1992 As Valkírias — The Valkyries — Valkeriyalar
  • 1994 Maktub — Maktub — Maktub
  • 1994 Na margem do rio Piedra eu sentei e chorei — By the River Piedra I Sat Down and Wept — Pedra daryosi boyida/Oʻtirdim va yigʻladim
  • 1996 O Monte Cinco — The Fifth Mountain — Beshinchi togʻ
  • 1997 Manual do guerreiro da luz — The Manual of the Warrior of Light — Nur jangchisi qoʻllanmasi
  • 1998 Veronika decide morrer — Veronika Decides to Die — Veronika oʻlishga qaror qildi
  • 2000 O Demônio e a srta Prym — The Devil and Miss Prym — Shayton va Mis Prym
  • 2001 Histórias para pais, filhos e netos — Fathers, Sons and Grandsons — Otalar, Ogʻillar va nevaralar
  • 2003 Onze Minutos — Eleven Minutes — Oʻn bir daqiqa
  • 2004 O Gênio e as Rosas — The Genie and the Roses — Genie va atirgullar
  • 2005 O Zahir — The Zahir — Zoir
  • 2006 Ser como um rio que flui — Like the Flowing River — Oqayotgan daryo kabi
  • 2006 A bruxa de Portobello — The Witch of Portobello — Portobello jodugari
  1. (unspecified title)