Paint the Town Red
„Paint the Town Red“ | ||||
---|---|---|---|---|
Doja Cat qoʻshigʻi | ||||
„Scarlet“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 4-avgust, 2023-yil | |||
Janr | Boom bap | |||
Davomiyligi |
| |||
Leybl | ||||
Bastakor(lar) |
| |||
Lirik ijodkor(lar) | Amala Zandile Dlamini | |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Doja Cat singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"Paint the Town Red" YouTubeda |
Paint the Town Red – amerikalik repper va qoʻshiqchi Doja Catning toʻrtinchi studiya albomi „Scarlet“ (2023) dan joy olgan qoʻshiq. Trek albomning dastlabki singli sifatida 2023-yilning 4-avgustida Kemosabe va RCA Records studiyalari bilan hamkorlikda chiqarilgan. Musiqa matni Doja Catning oʻzi tomonidan yozilgan. Qoʻshiqqa Earl on the Beat, Rubin, Jean-Baptiste va DJ Replay prdyuserlik qilgan.
„Paint the Town Red“ juda koʻplab tijoriy yutuqlarga erishdi. Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya kabi 19 ta davlat chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. UK Singles Chartda birinchi natijani qayd etgan ayol qoʻshiqchi tomonidan kuylangan dastlabki solo qoʻshiq boʻldi. AQShning Billboard Hot 100 chartida bunday natija qayd etgan Doja Catning ikkinchi, solo holatda aytilgan birinchi treki boʻldi. Bundan tashqari Daniya, Finlandiya, Germaniya, Shvetsiya, Belgiya, Fransiya kabi 15 davlat chartlarida esa qoʻshiq kuchli 10talikdan joy oldi.
Qoʻshiq oltmish oltinchi Grammy mukofotining taqdrilash marosimida eng yaxshi solo holatdagi pop qoʻshiq nominatsiyasida gʻolib boʻlgan[1].
Tijoriy natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Spotify" platformasidagi bir qator rekordlarini yangiladi. AQShdagi Top 50 kunlik chartida birinchi oʻrinni egallagan birinchi ayol repper boʻldi[2]. Global Spotify 200 kunlik chartida esa 100 millionlik natijaga eng tez erishgan ayol qoʻshiqchiga aylandi[3].
Qoʻshiq Billboard Global 200 chartida ham birinchi oʻrinni egallagan[4]. Shuningdek Billboard Global Excl. U. S. chartida ham eng yuqori oʻringa koʻtarilgan dastlabki rep tarona boʻldi[5].
Yevropa
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Paint the Town Red" 2023-yil 17-avgustda UK Singles Chartida 20-oʻrinni egalladi[6]. Keyingi haftada u 15-oʻringa koʻtarilgan boʻlsa, oy yakuniga borib kuchli oʻntalikdan joy oldi. U toʻrtinchi oʻringacha koʻtarilib, Doja Catning Buyuk Britaniya chartlarida kuchli oʻntalikdan joy olgan toʻrtinchi qoʻshigʻi boʻldi[7].
Shimoliy Amerika
[tahrir | manbasini tahrirlash]AQShda Paint the Town Red Billboard Hot 100 chartining 2023-yil 19-avgustdagi sonida 15-oʻrinni egalladi[8]. Ikki hafta oʻtgach, u 21,1 million strimlar, 5000 ta raqamli sotuvlar, 22,6 million online eshitishlardan soʻng beshinchi oʻringa koʻtarildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 49, 81 va 37 foizga koʻproq edi[9]. Qoʻshiq TikTok platformasida 618 000 dan ortiq videolar uchun audio sifatida ishlatildi[10]. 2023-yilning 10-sentyabrida esa Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egalladi. Bu Doja Catning chartning eng yuqori oʻrnini egallagan ikkinchi, solo holda aytgan birinchi treki boʻldi. Nicki Minajning „Super Freaky Girl“ (2022) qoʻshigʻidan keyin bu natijani qayd etgan ilk rap tarona edi[11]. Qoʻshiq, shuningdek, uch hafta davomida Billboard Hot R&B/Hip-Hop va Hot Rap Songs chartlarining ham birinchi oʻrinida turdi[11][12][13].
Klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nina McNeely rejissyorlik qilgan qoʻshiqning musiqiy videosi 2023-yil 4-avgustda taqdim etilgan[14]. Klip davomida Doja Catning koʻz qorachiqlarini chiqarib tashlagani va keyinchalik jahannamga tushishi tasvirlangan. Doja oʻlim va Shayton bilan sherik boʻlganini ham koʻrish mumkin. Keyingi kadrlarda repper qonli goʻsht boʻlaklarini tashlashi, osmondagi yashil mavjudot ustdagi harakatlari tasvirlangan[15].
Chiqarilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mintaqa | Sana | Format | Leybl | Man. |
---|---|---|---|---|
Turli | 2023-yil 4-avgust |
|
[16] | |
AQSh | 2023-yil 8-avgust | Contemporary hit radio | [17] | |
Rhythmic radio | [18] | |||
Urban radio | [19] | |||
Italiya | 2023-yil 25-avgust | Radio strim | Sony | [20] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hottest 100 2023“. Triple J. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
- ↑ Galindo. „Doja Cat's 'Paint The Town Red' Makes Spotify History“. American Songwriter (2023-yil 21-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
- ↑ Stewart. „Doja Cat New Song Paint The Town Red Proves She Doesn't Need Fans“. Junkee (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
- ↑ Trust, Gary (September 11, 2023). „Doja Cat's 'Paint the Town Red' Rises to No. 1 on Billboard Global 200 Chart“. Billboard. Qaraldi: September 12, 2023.
- ↑ Trust, Gary (September 25, 2023). „Doja Cat's 'Paint the Town Red' Tops Global Charts, Drake & Kenya Grace Lead New Top 10s“. Billboard. Qaraldi: September 26, 2023.
- ↑ „Paint the Town Red“. Official Charts Company (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
- ↑ Griffiths, George „Dua Lipa claims her fourth Number 1 single with Dance The Night“. Official Charts Company. Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
- ↑ „Billboard Hot 100: Week of August 19, 2023“. Billboard. Qaraldi: August 29, 2023.
- ↑ Trust, Gary (August 28, 2023). „Oliver Anthony Music's 'Rich Men North of Richmond' Notches Second Week at No. 1 on Billboard Hot 100“. Billboard. Qaraldi: September 5, 2023.
- ↑ Anderson, Trevor (August 29, 2023). „Doja Cat's 'Red' Races to No. 1 on Hot R&B/Hip-Hop Songs Chart“. Billboard. Qaraldi: August 31, 2023.
- ↑ 11,0 11,1 Trust, Gary (September 11, 2023). „Doja Cat's 'Paint the Town Red' Becomes Her Second Hot 100 No. 1, First Rap Leader in Over a Year“. Billboard. Qaraldi: September 11, 2023.
- ↑ „Doja Cat: Hot Rap Songs (Chart History)“. Billboard. Qaraldi: September 12, 2023.
- ↑ „Doja Cat: Hot R&B/Hip-Hop Songs (Chart History)“. Billboard. Qaraldi: September 12, 2023.
- ↑ Lindert. „Doja Cat Shares Video for New Song "Paint the Town Red": Watch“. Pitchfork (2023-yil 4-avgust). Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
- ↑ Grow, Kory (August 4, 2023). „Doja Cat Gets Diabolical in New Video for 'Paint the Town Red'“. Rolling Stone. Qaraldi: August 4, 2023.
- ↑ „Paint The Town Red - Single“. Apple Music. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
- ↑ „Top 40/M Future Releases“. AllAccess. 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
- ↑ „Top 40 Rhythmic Future Releases“. AllAccess. 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
- ↑ „Urban/R&B Future Releases“. AllAccess. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
- ↑ Micaletto, Ylenia „Doja Cat - Paint The Town Red (Radio Date: 25-08-2023)“ (it). EarOne (2023-yil 4-avgust). Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.