Otboshi
Qiyofa
Otboshi - Ichki Tyan-shanning janubiy qismidagi togʻ tizmasi, Qirgʻizistonda. Gʻarb-jan.-gʻarbdan sharq-shimoli-sharqqa to-mon choʻzilgan boʻlib, Ot-boshi botigʻini shimolida Chatirkoʻl soyligidan va janubida Oksoy sirtlaridan ajratib turadi. Uzunligi 135 km. Eng baland joyi 4786 m. Metamorfik slanets, ohaktoshlar, qumtosh, qisman granit va siyenitlardan tarkib topgan. Choʻqqisida muzliklar bor (maydoni 150 km²). Togʻ-oʻtloq va sub-nival landshaftlar mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |