Kontent qismiga oʻtish

Oqshiyroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OqshiyroqTyanshandagi togʻ massivi, Qirgʻizistonda janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa tomon choʻzilgan va Norin daryosi bilan Sarijaz daryosi havzasi oʻrtasida suvayirgʻich. Uzunligi 50 km. 3 parallel tizmadan iborat. Eng baland joyi 5126 m. Metamorfik slanets, ohaktosh, granitlardan tarkib topgan. Tyanshandagi muhim muzlik markazi. Umumiy maydoni 439 km²; 59 muzlikdan eng kattasi Petrov muzligi boʻlib, Norin daryosi shu yerdan boshlanadi. Baland togʻ-subnival va glyasial-nival landshaftlar asosiy oʻrin tutadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil