Kontent qismiga oʻtish

Noʻgʻay oʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Noʻgʻay Oʻrdadan yoʻnaltirildi)

Noʻgʻay oʻrda, Noʻgʻay xonligi – Shimoliy Kaspiy va Orol dengizlari boʻyidan Tura va Kamagacha, Volgadan Irtishgacha boʻlgan hududda tashkil topgan koʻchmanchilar davlati. 14— 15-asr boshlarida Oltin Oʻrdadan ajrab chiqadi. Idikuning oʻgʻli Nuriddin zamonida (1426—40) kuchaygan. Aholisi, asosan, mangʻit va qoʻngʻirotlardan iborat boʻlgan. Poytaxti – Saroychik shahri, Qora dengiz boʻylaridan Oʻrta Osiyoga boradigan savdo yoʻlidagi yirik shahar edi. 16-asrda Noʻgʻay oʻrda Moskva va Qozon bozorlarini chorva mahsulotlari bilan taʼminlagan. Noʻgʻay oʻrda murzalar boshqargan uluslarga boʻlingan. 16-asr 2- yarmida Noʻgʻay oʻrda Katta Noʻgʻay, Kichik Noʻgʻay va Oltiovul Oʻrdalariga parchalanib ketgan. Noʻgʻay oʻrdada „Idiku“ („Yedigey“) dostoni yaratilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Poxlyobkin V. V., Tatari i Rus, ML, 2001