Ishim
Ishim | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 2 450 |
Maydoni | 177 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Suv oqimi | |
Quyilishi | Irtish |
Joylashuvi | |
Davlat | Qozogʻiston va Rossiya |
Ishim |
Ishim yoki Esil (qozoqcha: Есіл) — Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasidagi daryo. Irtiitknt chap irmogʻi. Uzunligi 2450 km, havzasining mayd. 177 ming km². Qozo-gʻiston past togʻlaridan boshlanadi. Ostona sh.dan quyida daryo vodiysi kengayadi. Quyiroqda Gʻarbiy Sibir tekisligiga chiqadi va Ishim dashtidan oʻtadi. Qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish yeridan 215 km da 56,3 m³/sek, eng kupi 686 m³/sek. Vyacheslav va Sergeyev suv omborlari kurilgan. Ishim ichimlik suvi bilan taʼminlaydi, sugʻorishda foydalaniladi. Noyabr boshlarida muzlab, aprel—mayda muzdan boʻshaydi. Petropavldan yuqoriga 270 km va Vikulovo qishlogʻidan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Ishim boʻyida Ostona, Derjavinsk, Yesil, Petropavlovsk, Ishim shaharlari joylashgan.[1]