Kontent qismiga oʻtish

One (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„One“
„U2“ qoʻshigʻi
„Achtung Baby“ albomidan
B tomon „Lady with the Spinning Head (UV1)“
Chiqarilgan sanasi 24-fevral, 1992-yil(1992-02-24)
Yozib olingan oktyabr 1990 — sentyabr 1991
Studiya
Janr Rok
Davomiyligi 4:36
Leybl Island
Bastakor(lar) U2
Lirik ijodkor(lar) Bono
Prodyuser(lar) Daniel Lanois va Brian Eno
„U2“ singllari xronologiyasi
„Mysterious Ways“
(1991)
One
(1992)
„Even Better Than the Real Thing“
(1992)

One“ (tarjimasi „Bir“) — „U2“ irland rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Achtung Baby“ albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, 1992-yilning fevralida albomning uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Albomni Berlinda joylashgan Hansa Studios studiyasida yozib olish davomida guruh aʼzolari orasida ijodiy kelishmovchiliklar tufayli mojaro kelib chiqqan. Ziddiyat tufayli guruh deyarli tarqalib ketgan, ammo „One“ qoʻshigʻini improvizatsiya qilishganidan keyin tanglik yoyilgan. Qoʻshiq guruh aʼzolari gitarachi The Edge studiyada chalayotgan akkord zinasini eshitishganidan keyin yozilgan. Qoʻshiq matnini guruh vokalchisi Bono yozgan boʻlib, uni sheʼrni yozishga guruh aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar hamda Germaniyaning birlashishi ilhomlantirgan. Qoʻshiqda ziddiyat haqida soʻz borishi aytilsa-da, qoʻshiq matnining boshqacha talqinlari ham mavjud.

„One“ qoʻshigʻi singl oʻlaroq eʼlon qilinishi ortidan har bir mamlakatdada tushgan daromad oʻsha mamlakatdagi OITV/OITSni oʻrganayotgan tashkilotga berilgan[1]. Qoʻshiq Irlandiya singllar xit-paradida, Kanadaning RPM xit-paradida hamda AQShning „Billboard“ xit-paradining albomga kiritilgan va zamonaviy rok qoʻshiqlar chartlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. Shuningdek, tarona Yangi Zelandiyada uchinchi, Avstraliyada toʻrtinchi, Buyuk Britaniyada yettinchi va „Billboard Hot 100“ xit-paradida oʻninchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq uchun bir necha klip suratga olingan. Uchinchi versiya guruh aʼzolariga maʼqul kelgan va aynan shu versiya jamoatchilikka eʼlon qilingan.

Qoʻshiq chiqarilishi ortidan tanqidchilar uni yuqori baholagan. Tarona bugunga qadar eng yashi qoʻshiqlarni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan bir necha soʻrov natijasida tuzilgan roʻyxatga kiritilgan[2]. „U2“ qoʻshiqni konsertlarida muntazam ravishda ijro etib keladi. Konsertlar davomida guruh ushbu qoʻshiq yordamida inson huquqlari yoki ijtimoiy muammolar mavzularini koʻtarib keladi. Bono tuzgan „ONE Campaign“ xayriya tashkiloti nomi „One“ qoʻshigʻi nomidan olingan. 2005-yil guruh R&B xonanda Mary J. Blige bilan „One“ qoʻshigʻining yangi talqinini yozgan. Mazkur versiya Bligening „The Breakthrough“ nomli albomiga kiritilgan.

  1. „New Releases: Singles“ (PDF). Music Week. 22.2.1992. 23-bet. Qaraldi: 29.8.2022. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date= va |date= (yordam)
  2. „500 Greatest Songs of All Time“. Rolling Stone. № 963. 9.12.2004. 88-bet. 30.12.2004da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15.9.2021. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date=, |date= va |archive-date= (yordam)