Odnoklassniki.ru
Odnoklassniki | |
Muallif | Albert Popkov |
---|---|
Ishlab chiquvchi | Russia MCHJ «Odnoklassninki» (kompaniya egasi Cyprus «Nessly Holdings Limited») |
tashkil topdi: | 2006-yil, 4-mart |
Yozilgan til(lar)i | Ruscha, Inglizcha, Ukraincha, Gurjincha, Armancha, Qirgʻizcha, Moldovancha, Oʻzbekcha, Ozarbayjoncha, Tatarcha |
Status | ishlayapti |
Janr | Ijtimoiy tarmoq |
Vebsayt: | odnoklassniki.ru |
"Odnoklassniki.ru" — sinfdoshlar, kursdoshlar, sobiq bitiruvchilar hamda qarindosh va yaqinlarni izlab topish va ular bilan aloqa qilish uchun yaratilgan koʻp tilli ijtimoiy toʻr. Loyiha 2006-yil 4-mart kuni oʻz faoliyatini boshlagan, muallifi esa rossiyalik veb-yaratuvchi Popkov Albert. Saytning hususiy statistikasidagi berilgan maʼlumotlarga koʻra 2013-yil 1-yanvariga koʻra 205 milliondan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan.
- Sutkasiga 40 milliondan ortiq foydalanuvchi davomat qiladi.
Kompaniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya idorasi Moskvadagi, Leningrad prospekti 47-uyda joylashgan.
Yangilangan interfeys
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning mart oyida Odnoklassnikining interfeysi yangilandi. Eng katta oʻzgarishlar ijtimoiy tarmoqning ish stolida amalga oshirilgan. Logotip yangi shriftda yozilgan, bosh sahifa rangi toʻq sariqdan oqqa oʻzgartirilgan. Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi oʻzining 15 yillik yubileyi munosabati bilan interfeysda katta yangilanishni amalga oshirdi. Sayt va mobil koʻrinish yanada qulay shaklga keltirildi. Ijtimoiy tarmoqning yangilangan interfeysi hozirda ayrim foydalanuvchilarda paydo boʻlgan. Butun auditoriyaga esa tez orada taqdim etilishi koʻzda tutilgan. Mobil ilovalardagi barcha oʻzgarishlar 2021-yil yakunigicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loyiha 2006-yil mart oyida oʻz faoliyatini boshladi. Sayt muallifi, Albert Popkov, Londonda istiqomat qiladi va telekommunikatsiya sohasida ishlaydi. Bu shaxs evropa mamlakatlarida ham „Odnoklassniki“ga oʻxshash yaratishda ishtirok etgan.
Noyabrda saytda foydalanuvchilar soni 1,5 millionga etdi
2007-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilning iyul oyida Odnoklassniki.ru saytini foydalanuvchilar soni ikki martaga oshib 4 millionga etdi
2009-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil iyul oyidagi maʼlumotlarga koʻra sayt rossiyaning 14-55 yil oraligʻidagi internet foydalanuvchilari orasida peshqadamlarning (lider) biri boʻldi.
2010-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odnoklassniki.ru saytida roʻyxatdan oʻtganlar soni 45 millionga etdi. Aprel oyining boshida saytda i-Jet kompaniyasi yaratgan oʻyinlar paydo boʻldi.
31-avgustda toʻr roʻyxatdan oʻtishni bepul qildi.
24-dekabrda ijtimoiy toʻr foydalanuvchilari videochatni ishlatib koʻrish imkoniga ega boʻldi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „Одноклассники ижтимоий тармоғи интерфейси янгиланди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.