Kontent qismiga oʻtish

Oʻzgarmas qaror operatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzgarmas qaror operatsiyasi

Sanalar 2014-yil 8-avgustdan — hozirgi vaqtgacha
Urush yeri Suriya va Iroq
Natija IShID kuchlari mag'lub etildi
Raqiblar
Birlashgan qo'shma operativ guruh:
Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh
Avstraliya Avstraliya
Niderlandiya Niderlandiya
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Kanada Kanada
Fransiya Fransiya
Belgiya bayrogʻi Belgiya
Daniya Daniya
Iordaniya bayrogʻi Iordaniya
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni
BAA bayrogʻi BAA
Polsha Polsha (2016-yildan)
IShID
Qoʻmondonlar
AQSH bayrogʻi Joe Biden (2021-yildan)
AQSH bayrogʻi Donald Trump (2017—2021)
AQSH bayrogʻi Barack Obama (2014—2017)
AQSH bayrogʻi Lloyd Ostin
Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurashiy (2019-yil oktabridan)
Abu Bakr al-Bagʻdodiy (2014-yil yozidan)
Kuchlar
AQSh armiyasi:
AQSh dengiz piyodalari korpusi
AQSh harbiy-dengiz floti
AQSh harbiy-havo kuchlari
AQSh Sohil xavfsizligi
IShID
Umumiy yoʻqotishlar
Koalitsiya harakatlari natijasida 1 370-13 125 tinch aholi halok boʻldi

«Oʻzgarmas qaror» operatsiyasi (inglizcha: Operation Inherent Resolve, OIR) — AQSh qurolli kuchlari va ularning ittifoqchilari tomonidan „IShID“ xalqaro terrorchilik tashkilotiga qarshi amalga oshirilgan harbiy operatsiya. Operatsiya uchun 20 dan ortiq davlat moliyaviy, razvedka va logistika va siyosiy yordam koʻrsatdi[1]. 2014-yil avgustidan beri operatsiya oʻtkazilgan yil davomida koalitsiya 3 milliard dollardan ortiq mablagʻ sarflagan[2].

Operatsiyaning borishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Operatsiya 2014-yilning 8-avgustida havo hujumlari bilan boshlangan. AQSh Mudofaa vazirligining 2014—2015-yillardagi hisobotiga koʻra, havo hujumlarida AQSh harbiy-havo kuchlari, Avstraliya, Kanada, Daniya, Fransiya, Iordaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ishtirok etgan. Bundan tashqari, Qizil dengiz va Fors koʻrfazida[3] joylashtirilgan AQSh harbiy- dengiz kuchlarining kemalari islomchilar infratuzilmasini yoʻq qilishda ishtirok etgan.

2015-yil 20-avgust holatiga koʻra, 6228 ta havo hujumi amalga oshirilgan, shundan 3847 tasi Iroq, 2381 tasi esa Suriya hududiga toʻgʻri kelgan. 2015-yil 7-avgust holatiga koʻra 10 mingdan ortiq nishon yoʻq qilindi, ulardan 119 ta tank, 340 ta HMMWV yengil yuk mashinalari, 2577 ta oʻq otish joylari va boshqalar. Operatsiyaning umumiy qiymati 2015-yil 31-iyul holatiga koʻra 3,5 milliard dollarga yetdi. 357 kunlik operatsiya davomida kuniga oʻrtacha 9,8 million dollarni tashkil etadi[4]. 47 ta qanotli raketalar Amerika esmineslaridan terrorchilar nishonlariga uchirildi.

2018-yil 5-fevralda AQSh Iroqdan qoʻshinlarini olib chiqishni boshladi[5].

2018-yilning 4-may kuni “Oʻzgarmas qaror” operatsiyasi doirasida Oʻrta yer dengizida joylashgan AQShning “Garri Truman” aviatashuvchi kemasi[6] Suriyadagi “Islomiy davlat” terrorchilariga hujum qildi[7].

2021-yil 23-iyulda AQSh va Iroq 2021-yil oxirigacha AQSh qoʻshinlarini olib chiqishga kelishib oldilar[8]. 2021-yil 9-dekabrda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya oʻz qoʻshinlarini Iroq hududidan olib chiqish operatsiyasini yakunladi[9].

Jangovar transport vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yil 27-iyunda Iroqdagi Al-Taqaddum aviabazasida M109 o'ziyurar qurol uchun 155 mm lik snaryad. AQShning 1-zirhli diviziyasining 4-1-artilleriya bataloni Al Taqaddum ishchi guruhi tarkibiga kiruvchi IShIDga qarshi «O'zgarmas qaror» operatsiyasida ishtirok etgan.
M109A6 2016-yil 27-iyunda Iroqdagi Al-Taqaddum aviabazasida. AQShning 1-zirhli diviziyasining 4-1-artilleriya bataloni Al Taqaddum operatuv guruhi tarkibiga kiruvchi «O'zgarmas qaror» operatsiyasida ishtirok etgan.

Avstraliya operatsiyaga 2014-yil 23-sentabrdan kirgan. Al-Minod aviabazasidan (BAA) Iroq hududiga havo zarbalari berildi.

  • F/A-18F, E-7A, KC-30A

Belgiya operatsiyaga 2014-yil 26-sentabrda kirgan. Iroq hududiga As-Salti aviabazasidan (Iordaniya) aviazarbalar berildi.

  • F-16A

Kanada operatsiyaga 2014-yil 21-oktabrda kirgan. Iroq hududiga Ali as-Salom aviabazasidan (Quvayt) aviazarbalar berildi.

  • CF-18A

Iroq hududiga Ali as-Salom (Quvayt) aviabazasidan aviazarbalar berildi.

  • F-16A

Fransiya operatsiyaga 2014-yil 5-oktabrda kirgan. Al-Dafra aviabazasidan (BAA) Iroq hududiga havo zarbalari berildi.

  • Rafal, KC-135FR, Atlantika-2

Niderlandiya operatsiyaga 2014-yil 3-oktabrda kirgan. Iroq hududiga As-Salti aviabazasidan (Iordaniya) aviazarbalar berildi.

  • F-16A

Buyuk Britaniya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniya operatsiyaga 2014-yil 3-oktabrda kirgan. Iroq hududiga Akrotiri (Kipr) va Al-Udeyd (Qatar) aviabazasidan aviazarbalar berildi.

  • RC-135W, Tornado GR4, Voyager KS2/3

Suriya hududiga havo hujumlari uyushtirildi.

  • F-16A

Saudiya Arabistoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya hududiga havo hujumlari uyushtirildi.

  • F-15S

Suriya hududiga havo hujumlari uyushtirildi.

  • Miraj, F-16A

Operatsiya nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Operatsiyaning rasmiy nomi boshlanganidan faqatgina ikki oy oʻtib berilgan. “Operatsiya nomi AQSh va mintaqadagi hamkor davlatlarning IShID terrorchilik guruhini yoʻq qilish va uning Iroqqa, mintaqa va butun dunyo hamjamiyatiga tahdidini bartaraf etish boʻyicha qatʼiy qarori va chuqur sadoqatini aks ettirish uchun moʻljallangan.

Rossiyalik siyosatshunos Aleksandr Xramchixin xalqaro koalitsiyaning «Oʻzgarmas qaror» operatsiyasidagi harakatlariga oʻta shubha bilan qaraydi:

“O'zgarmas qaror” operatsiyasining maqsadi xalifalikni mag'lub etish emas, balki uni Iroqdan Suriyaga siqib chiqarishdir.

  1. „Операция США и их союзников "Непоколебимая решимость"“.
  2. „Операция США «Непоколебимая решимость»: промежуточные итоги“.
  3. Русская служба BBC. „Война против «Исламского государства» в цифрах“ (16 февраля 2015).
  4. U.S. Department of Defense. „Operation Inherent Resolve. Targeted operations against ISIL terrorists.“.
  5. „Впервые за три года США и Ирак договорились о выводе войск“ (ruscha). zikua.tv.[sayt ishlamaydi]
  6. „США наносят удары по целям в Сирии с авианосца“.
  7. „С авианосца США «Гарри Трумэн» нанесли удары по террористам в Сирии“.
  8. „США и Ирак договорились о выводе американских войск к концу 2021 года“ (ruscha). Российская газета. 24-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
  9. „В Ираке заявили, что иностранные ВС завершили операцию в стране“. ТАСС.
  10. „США впервые использовали истребители F-35A в бою“ (ruscha). РИА Новости (1-may).
  11. „U.S. Air Force F-35As conduct first combat employment“ (inglizcha). U.S. Air Force.
  12. „Операция США и их союзников "Непоколебимая решимость" (2015) - 2000“. Top secret - Pentagonus.