Nota yozuvi, notatsiya — musiqa tovushlarining balandligi, uzunligi va boshqa xususiyatlarini ifodalovchi belgi notalardan iborat yozuv usuli; musiqa asarining yozuv ifodasi. Nota yozuvi qadimdan turli xalqlar musiqa amaliyoti va ilmiy izlanishlarning mah-suli sifatida yuzaga kelgan (Qad. Misr, Bobil, Qad. Xitoy va boshqalar). Nota yozuvining bizgacha yetib kelgan dastlabki namunalari miloddan avvalgi 3-asrda Yunonistonda paydo boʻlib, harflar bilan ifodalanganligi uchun harfli Nota yozuvi deyilgan. Bunday Nota yozuvi ning maʼlum turini Oʻrta OsiyodaForobiy ishlab chiqqan. Harfli Nota yozuvi tovushlar balandligi va parda tuzil-malarini aniqlashga yordam bergan. Nota yozuvining mukammalashishida koʻp mamlakatlarda yuzaga kelgan turli tabulaturalar muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyoda Safiuddin al-Urmaviy (13-asr) tomonidan ud cholgʻu asbobi pardalariga moʻljallab yaratgan 2 xil tabulaturalar maʼlum boʻlgan. Ular jadval shak-lida boʻlib, tovushlar balandligi turli harflar bilan, davomiyligi esa ra-qamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. 19-asr oxirida Xorazmda "tanbur chizigʻi" deb nomlangan tabulatura shaklidagi Nota yozuvi joriy etilgan. Oʻrta asrlarda Yevropa cherkov vokal musiqasida nevma (matn soʻzlari ustiga koʻyilgan ohang yoʻnalishini koʻrsatuvchi maxsus belgi)larga asoslangan Nota yozuvi keng tarqaldi. Tovush balandligini aniqroq koʻrsatish uchun bu belgilar gorizontal chiziqlarga yozila boshlagan. 11-asrda Gvido d’Aretsso mazkur Nota yozuvi turini takomillashtirib 4 chizikli Nota yozuvi ni kashf qilgan. 16-asr oxiridan gomofoniya uslubida generalbas usuli joriy etilgan. Unda bas ovozi tovushlari tagida yozilgan raqamlar muayyan akkordlarni ifodalagan. Hozirgi Nota yozuvi 5 ta gorizontal chiziklar (nota yoʻli)ga (ularning orasiga, yuqorisi yoki pastiga) yoziladigan notalardan tashkil topgan. Notalar to-vushlarning uzun-qisqaligiga qarab oval shaklidagi boʻsh va qora doiracha (boshcha)lardan iborat boʻlib, ulardan dumli yoki dumsiz (yuqoriga yoki past-ga) chiziqchalar tortilib yoziladi. Notalar nomi 7 ta boʻlib, ular muayyan kalitlaritsa turlicha yoziladi.