Alteratsiya
Alteratsiya (lotincha: „altero“ – oʻzgartiraman) – asosiy tovushqator pogʻonalarini (nomini saqlagan holda) oʻzgartirish; uning balandligini chorak, yarim yoki butun tonga koʻtarish yoki pasaytirish.
Alteratsiya belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy alteratsiya belgilari diyez (tovushlarni yarim ton koʻtarish uchun) va bemol (tovushlarni yarim ton pasaytirish uchun) hisoblanadi. Agar asosiy tovush bir butun ton yuqori koʻtarilishi lozim boʻlsa, dubl-diyez, aksincha, bir butun ton pasaytirish kerak boʻlsa, dubl-bemol qoʻllanadi. Koʻtarilgan tovushlarni pasaytirish yoki pasaygan tovushni koʻtarish uchun bekar belgisi qoʻyiladi.
Qoʻllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alteratsiya belgilari koʻtarilishi yoki pasayishi kerak boʻlgan nota oldiga qoʻyiladi. Agar kalitdan soʻng qoʻyilsa, ular kalitoldi belgilari deb ataladi. Shu satrning oxiriga qadar alteratsiya belgilari qoʻyilgan pogʻonalar yarim ton koʻtariladi yoki pasayadi. Agar alteratsiya belgisi biror takt orasida qoʻyilsa, u holda faqat shu taktdagi belgi qoʻyilgan pogʻonalarni oʻzgartirish kuchiga ega boʻladi[1][2].
Boshqa maʼnolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Garmoniyada alteratsiya tovushqatordagi noturgʻun pogʻonalarni xromatik oʻzgartirish orqali tuzuk (lad) tortilishlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tarkibida oʻzgargan pogʻonalar mavjud boʻlgan instituterval yoki akkordlar Alteratsiyalashgan interval va akkordlar deb yuritiladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
- ↑ "Alteratsiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Alteratsiya mavzusiga oid fayllar bor
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |