Nosirxontoʻra Kamolxontoʻrayev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Ushbu sahifani Nosirxon toʻra Sayd Kamolxon toʻra oʻgʻli bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Nosirxontoʻra Kamolxontoʻrayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1873-yil Namangan viloyati, Qoriota qishlogʻi |
Vafoti |
1930-yil Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Nosirxontoʻra Kamolxontoʻrayev (1873-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik Turkiston Muhtoriyati Maorif noziri.
Hayoti va mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nosixontoʻra Kamolxon toʻra oʻgʻli Namangan viloyati Koson volosti Qoriota qishlogʻida mudarris Sayyid Gʻozixon Sayyid Kamolxon toʻra oilasida tugʻilgan. Dastlabki taʼlim-tarbiyani oiladan olib, xat-savodini ham uyda chiqargan. Keyinchalik ilmini oshirish maqsadida Namangandagi „Mavlaviy“ madrasasida va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Ilmini oshirish maqsadida Makka, Madina, Iroq, Hindiston va Afgʻonistonda, madarsalardagi oʻquv tizimi bilan tanishgan va shu bilan birga malakasini oshirgan. Safardan qaytib kelgach, otasining Mavlaviy madrasasida mudarrsilik faoliyatini boshlagan. 1916—1917-yillardadi mardikor olish voqealarida xalq harakatiga boshchilik qilgan. 1917-yildan „Shoʻroyi islom“ tashkilotining faol aʼzosi boʻlgan. „Turkiston Muxtoriyati“ tashkil topgach, shu yilning oʻzidan maorif vazifasiga saylangan. Nosixontoʻra „Turk adam markaziyat“ firqasi dasturi va ustavini ishlashda faol ishtirok etgan.
1918—1925-yillarda Muxtoriyat bostirilgach, oʻz yerida dehqonchilik bilan shugʻlullanishda davom etgan. 1919—1923-yillarda Mahkamai sharʼiyaning Namangan boʻlimini boshqargan. Ayrim qoʻrboshilarning talon-tarojlik ishlariga qarshi chiqqani uchun hatto Omon polvon tomonidan oʻlimga hukm qilingan va xalq talabi bilan jazodan ozod etilgan[1].
1924-yil avgust oyida Nosirxon toʻraning barcha mulklari davlat tomonidan tortib olinib, oʻzi esa Samarqanddagi (ispravdom)ga yuboriladi. 1925-yilning 10-iyulida Nosirxontoʻra va Mirkatta Said Orif o'g'li 3 yilga Orenburgga surgun qilinadi. Orenburgda Muhammad Vali hazrat xonadonida yashagan Nosirxon toʻra Sharq mutafakkirlarining asarlari bilan yaqindan tanishishga erishadi. Nosirxon toʻra oʻsha vaqtlarda uning gʻoyalari sovet mafkurasiga toʻlaqonli zidligini bila turib Jamoliddin Afgʻoniyning forsiy risolasini oʻz tilimizga tarjima qilish bilan birga asarda oʻz fikr va qarashlarini ham keltirib oʻtadi.
1928-yil 10-avgustda Orenburg surgunidan ozod boʻlgan Nosirxon toʻra Namanganga qaytadi. Nafaqat butun vodiy ahli, balki atrofdagi qirgʻiz va qozoq ovullaridan ham ulamoning ziyoratiga koʻplab insonlar oqib kelishi Sovet maʼmurlarini qattiq tashvishga soladi va bu ularni yangi fitna yaratishga undaydi.
1930-yilning 8-iyuniga kelib, birgina Namangan viloyatida oʻzida Nosirxon toʻra ishiga bogʻlab yuzdan ortiq shaxs qamoqqa olindi. Aslini olganda esa Nosirxon toʻraning qayerda ekanligi va nima qilishi GPU aygʻoqchilari tomonidan allaqachon toʻliq nazoratga olingandi.
Ayblov
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yil 20-avgustdagi soʻroq vaqtida Nosirxon toʻra shoʻro siyosatiga qarshiligi sabablarini qatʼiyat bilan aniq ifoda etib berdi. Keyingi soʻroqlarda ustoz oʻzining ayrim ishongan shogirdlari hamda qarindoshlari allaqachon sovetlar tomoniga oʻtib, unga qarshi boʻhtonlar toʻqishganini bilgach, bu holatdan juda qattiq taajjublandi.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻz mavqelaridan ayrilib qolishdan qoʻrqqan GPU hodimlari 1930-yil 27-oktabrda Sharqning buyuk mutafakkirlari bilan bir qatorda, olim, ulamo, qahramon Nosirxon toʻra Kamolxon oʻgʻlini ham otuvga hukm qilishdi. Ushbu nohaq hukm 1931-yil 13-aprel kuni Toshkentda ijro eildi[2].
Oqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nosirxontoʻra Kamolxontoʻrayev 2021-yilga kelib Oʻzbekiston Oliy Sudi tomonidan oqlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ „Jadidlar“. jadidlar.uz. 2024-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2024-yil.