Kontent qismiga oʻtish

Nigina Sharipova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nigina Sharipova

Nigina Sharipova yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida (2017)
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-avgust 1995-yil
Buxoro, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport yengil atletika

Nigina Shavkatovna Sharipova (tugʻ. 10-avgust 1995-yil, Buxoro, Oʻzbekiston) — oʻzbek sportchisi, sprint boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi. 2014-yilda yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 200 metrga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Islom birdamlik oʻyinlari sovrindori va 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

2014-yilda Taypeyda (Tayvan) yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 200 metr masofaga 24,24 natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi[1].

2015-yilda Oʻzbekiston chempionatida 100 va 200 metrga yugurishda ikkinchi natijani koʻrsatdi.

2016-yil iyun oyida Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiya chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 200 metrga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Olmaota shahrida yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Qozogʻiston Respublikasi kubogida 100 metr masofaga 11,31 soniya natija bilan kumush, 200 metrga yugurishda esa bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili u Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi, ammo 100 metrga saralashda u eng yaxshi natijani koʻrsatmadi (11,68 soniya) va turnir finaliga chiqa olmadi. 200 metr masofaga saralash bosqichida 23,33 soniya natija bilan u ham turnir finaliga chiqa olmadi va oʻz chiqishlarini yakunladi.

2017-yilda Boku shahrida (Ozarbayjon) oʻtkazilgan Islom birdamlik oʻyinlarida 100 metr masofaga 11,65 soniya natija bilan kumush, 200 metrga 23,66 soniya natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi[3][4]. Oʻsha yili Bxubaneshvarda (Hindiston) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 100 metr masofaga u atigi beshinchi boʻldi. Shuningdek, u Ashxobodda (Turkmaniston) boʻlib oʻtgan Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida 60 metr masofaga oʻtkazilgan musobaqada ham beshinchi boʻldi[1].

2018-yili Tehronda (Eron) oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida 400 metr masofaga yugurish boʻyicha Nigina shohsupadan bir oz kam boʻlib, 56,29 soniya natija bilan toʻrtinchi boʻldi. Iyun oyida Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiya chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 100 va 200 metrga yugurishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida u yana shohsupaga chiqish uchun biroz kamlik qilgan boʻlsa, bu safar 200 metr masofaga toʻrtinchi boʻldi[5].

2019-yilda Doʻhada (Qatar) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 100 metr masofaga 11,41 soniya natija bilan u yana xitoylik Vey Yongliga bronzani boy berib, bor-yoʻgʻi toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

  1. 1,0 1,1 „Нигина Шарипова“. uzathletics.uz. 2021-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  2. „Нигина Шарипова завоевала Олимпийскую лицензию по лёгкой атлетике“ (ru). https://uznews.uz. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  3. „Wayback Machine“. web.archive.org (2017-yil 23-oktyabr). 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  4. „Wayback Machine“. web.archive.org (2017-yil 22-oktyabr). 2017-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  5. „Nigina SHARIPOVA | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.