Nastaʼliq
Nastaʼliq — xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. XIV asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va taʼlsh xat uslublari asosida yaratilgan boʻlib, harflarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi toʻgʻri chiziqlar asosida yoziladi. Dastlab moʻtabar qoʻlyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot namunalarini ko'chirishda va alohida qitʼalarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik bu yozuv kitobat sanʼatidan nasx va suls yozuvlarini siqib chiqaradi. Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afgʻoniston va Hindistonda keng tarqalgan. Jaʼfar Boysunkuriy, Azhar Tabriziy, Sultonali Mashxadiy va uning shogirdlari Nasta'liqda ijod qilgan. Ayniqsa, Mir Ali Haraviyning Nasta'liqni Movarounnahrda tarqalishida xizmati katta. Darvish Muhammad ("Favoid ul-xutut"), Munis Xorazmiy ("Savodi taʼlim"), Muhammad Azim ("Mirʼoti taʼlim") asarlarida Nasta'liq xatining asoslarini oʻrganish bayon etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |