Mustaqillik shoh koʻchasi (Toshkent)
Ko'chada joylashgan Hamid Olimjon maydoni | |
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek tumani |
Uzunligi | 3,5 km |
Yaqin metro bekatlari |
Amir Temur xiyoboni (metro bekati) Hamid Olimjon (metro bekati) Pushkin (metro bekati) |
Avtobuslar | 1, 17, 24, 60, 63, |
Avvalgi nomlari |
Lager prospekti Pushkin ko'chasi (1899-2008) |
Koʻchada joylashgan binolar |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Davlat statistika qoʻmitasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent konservatoriyasi |
41°18′50″N 69°16′30″E / 41.31389°N 69.27500°E
Mustaqillik shoh koʻchasi – (2008-yilgacha Pushkinskaya koʻchasi, 1899-yilgacha Lagerniy prospekti) Toshkentdagi Mirzo Ulugʻbek tumani markaziy koʻchalardan biri[1]. Amir Temur xiyoboni va Buyuk Ipak yoʻli maydoni oraligʻida joylashgan[2]. Uzunligi 3,5 km atrofida.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrning 2-yarmida Toshkentning Yangi shahar qismida tashkil topgan. Toshkent Yangi shahar qismining eng birinchi yevropacha koʻchalaridan biri. Hozirgi Mustaqillik shoh koʻchasining Darxon arigʻi va Salor kanalini kesib oʻtgan joylarida 1865-yil 8-may kuni toshkentliklar hamda Qoʻqon xonligining Toshkentdagi qoʻshinlari bilan chor Rossiyasi askarlarining Mixail Chernyaev boshliq razvedka otryadi oʻrtasida dastlabki jang boʻlgan. Koʻcha XIX asr oxirlarida ruslarning shahar tashqarisidagi yozgi harbiy lagerlarga olib boradigan yoʻl oʻrnida vujudga kelgani uchun Lager prospekti deb nomlangan. 1899-yil rus shoiri Aleksandr Pushkin (1799-1837) tavalludining 100-yilligi munosabati bilan shoir nomi berilgan. 2008-yil 6-maydan Mustaqillik koʻchasi deb yuritiladi[3].
Koʻcha boʻylab 1903-yil birinchi koʻnka, 1913-yildan tramvay harakati yoʻlga qoʻyilgan. Oktyabr toʻntarishiga qadar Yangi shaharning obod koʻchalaridan biri hisoblanib, unda asosan, rus amapdorlari, zobitlari, savdogarlarining uylari joylashgan. Kaplanning dorixona magazini (1907-yil qurilgan; meʼmor G. M. Svarichevskiy; keyinchalik Ipoteka bank joylashgan) va boshqa qurilgan. 1920-yillarda koʻcha rekonstruksiya qilinib, ikki va bir qavatli alohida turar joy binolari paydo boʻlgan. 1938-yil sobiq shahar partiya komiteti binosi (meʼmorlar V. Volchek, S. Larionov), 1939-yil Toshkent konservatoriya binosi (meʼmorlar V. Brilevich, N. Goloshchanov, A. Sidorov; keyinchalik musiqa kasb-hunar kolleji joylashgan) qurilgan. Koʻcha Toshkent zilzilasidan keyin qayta rekonstruksiya qilindi[4].
Koʻchaning meʼmoriy yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkentning ijtimoiy, tarixiy va madaniy hayotidagi koʻplab voqealar Pushkinskaya koʻchasi bilan bogʻliq boʻlib, bu koʻcha arxitektura nuqtai nazaridan ham qiziqarlidir. Bu shaharning eng yashil va eng goʻzal koʻchalaridan biri hisoblanadi[5].
Bu yerda XIX asrda savdogarlar, amaldorlar va Toshkent garnizoni zobitlari yashagan inqilobdan oldingi qadimiy qurilgan uylar saqlanib qolgan[6].
Shuningdek, koʻchada urushdan oldin qurilgan bir qancha uylar, jumladan Ashrafiy nomidagi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining eski binosi va boshqa binolar bor edi[7].
1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin Pushkinskaya koʻchasida inqilobdan oldingi koʻplab uylar buzilib, zamonaviy koʻp qavatli turar-joy binolari, maʼmuriy binolar qad rostlagan.
Binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻnalishida „Amir Temur xiyoboni“, „Yunus Rajabiy“, „Hamid Olimjon“ va „Pushkin“ metro bekatlari, Pushkin xiyoboni, Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati, shahar poliklinikasi, banklar, dorixona, poliklinika, goʻzallik salonlari, savdo majmualari, „Da Vinchi“, „Stambul“, „Gruziya“, „Darxon“ restoranlari, „Nur“ toʻyxonasi, „Oʻzbekiston“ mehmonxonasi, firma va kompaniya ofislari, koʻp qavatli turar joy va maʼmuriy binolar, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.
Mustaqillik yillari koʻcha yoʻnalishida keng qamrovli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yoʻnalishida Shahrisabz, Abdulla Qodiriy va Yahyo Gʻulomov koʻchalarini hamda Salor kanalini kesib oʻtadi. Parkent, Oqqoʻrgʻon, Asaka, Tamaraxonim koʻchalari bilan tutashgan. Yaqinida Oloy bozori, Mirzo Ulugʻbek nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, „Le Grand plaza“ mehmonxonasi, Yaponiya, Birlashgan Qirollik, Jazoir, Latviya davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari joylashgan.
Pushkinskaya koʻchasining chap tomonidagi yana bir mashhur bino 1917-yil inqilobidan keyin Bosh pochta boʻlimi sifatida tanilgan „yangi telegraf“ binosidir. Ushbu bino 1911-yilda pochta-telegraf boʻlimi uchun maxsus qurilgan va XX asr oxirigacha oʻz vazifalarini bajargan.
Bosh pochta binosi yonidagi uyning ayvonida ikki sherning haykali oʻrnatilgan boʻlib, u Toshkentdagi mashhur bino bor hisoblangan. Bino toshkentlik muhandis Nikolay Botvinkin loyihasi boʻyicha qurilgan[8].
Inqilobdan oldingi davrda koʻchaning oʻng tomonida Pushkin maktabi binosi hamda qizlar gimnaziyasi joylashgan edi.
Pushkinskaya koʻchasining oxirida, uning Asakinskaya koʻchasi[9] bilan kesishgan joyida 1897-yilda shaharning markaziy maydonidan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinib turgan koʻp gumbazli Avliyo Sergiy Radonej sobori barpo etilgan[10]. XX asrning 30-yillari boshlarida sobor yopilgan va unda „Metalchilar klubi“[11] deb nomlangan tashkilot joylashgan va XX asrning 30-yillari oʻrtalarida sobor binosi buzib tashlangan.
Darxonariq boʻyidagi koʻchaning oʻng tomonida Metrikov hammomining binosi bor edi. Bu hammom shaharda XXI asr boshlarigacha mavjud boʻlgan[12].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Koʻchada joylashgan sobiq konservatoriya binosi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [http://mytashkent.uz/2009/12/14/vdol-po-pushkinskoy/
- ↑ Pervonachalno Konstantinovskiy skver.
- ↑ „Литературно-художественный альманах «Письма о Ташкенте». Д. Колдаев «Вдоль по Пушкинской»“. 2011-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-yanvar.
- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.
- ↑ Tak kak ona vela v mnogochislennie letnie voinskie lagerya voysk Turkestanskogo voennogo okruga, raspolagavshiesya pod Tashkentom.
- ↑ „Улица Пушкина в центре Ташкента переименована в улицу Независимости“. Росбалт (2008-yil 12-may). 2018-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
- ↑ Znachitelno perestroennoe v nastoyaщee vremya
- ↑ „Литературно-художественный альманах «Письма о Ташкенте» «К вопросу о львах при Главпочтамте»“. 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-yanvar.
- ↑ V nastoyaщee vremya na etom meste raspolagaetsya puteprovod.
- ↑ Svyatitel Luka, v miru V. F. Voyno-Yaseneskiy jil v Tashkente na Uchitelskoy ulitse i slujil v etom xrame.
- ↑ To est klub zavoda „Metallist“.
- ↑ Interesno, chto na beregax arika Darxan proizoshlo pervoe boestolknovenie russkix voysk s voyskami Kokandskogo xanstva v konse maya 1865 goda vo vremya vzyatiya Tashkenta generalom Chernyaevim.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lyudmila Sidorova, ejenedelnik „Noviy Vek“, 8 iyunya 2000 goda./Na sayte „Tashkentskie kuranti“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Ulitsa Pushkinskaya“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Idem po Pushkinskoy. Ugol Xorezmskoy. Ruki s kirpichom“
- „Pushkinskaya. Nachalo. Idem ne spesha“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Vdol po Pushkinskoy…“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Po Pushkinskoy s Borisom Golenderom“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Tashkentskie derevya, fotoekskursiya v proshloe“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Podʼezdi so lvami“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Podʼezd so lvami“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Istoriya odnogo izvestnogo zdaniya“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Xram na Asakinskoy“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Starie fotografii Tashkenta ot Mixaila Golovina“
- Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Pushkinskaya, vek nazad“