Musiqaning elementar nazariyasi
Qiyofa
Muallif(lar) | Qadamboy Rahimov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 2007 |
Nashriyot | „Musiqa“ |
Sahifalar soni | 158 |
ISBN | ISBN 978-9943-307-19-3 |
„Musiqaning elementar nazariyasi“ – oʻzbekistonlik dirijyor, bastakor va musiqachi Qadamboy Rahimov qalamiga mansub musiqa nazariyasi boʻyicha kitob. 2007-yil Toshkent shahrida „Musiqa“ nashriyotida chop etilgan. Asardagi materiallar ham lotin, ham kirill yozuvida berilgan.
Kitob oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma oʻlaroq tayyorlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tavsiyasi bilan koʻplab oʻquv yurtlarining musiqa nazariyasi boʻyicha oʻquv dasturlaridan oʻrin olgan[1].
„Musiqaning elementar nazariyasi“ qoʻllanmasida musiqa nazariyasidagi asosiy tushunchalar qisqa izohlar, misollar va jadvallar yordamida yoritilgan. Asar yakunidan qisqa adabiyotlar roʻyxati oʻrin olgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Urmanova, L. „Musiqa nazariyasi“. Urganch davlat universiteti (2011). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Musiqaning elementar nazariyasi boʻyicha mashq va vazifalar toʻplami“ Ziyouz saytida[sayt ishlamaydi]