Qadamboy Rahimov
Qadamboy Yoqubovich Rahimov (1948.1.6, Urganch tumani Qorovul qishlogʻi) — dirijyor, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1971). Urganch pedagogika bilim yurtida oʻqituvchi (1971—79), Komiljon Otaniyozov nomidagi viloyat filarmoniyasida direktor va badiiy rahbar (1979—86), Ogahiy nomidagi viloyat musiqali teatrida bosh dirijyor (1986-yildan). „Olma pishganda keling“ (E. Samandar), „Jobbi jujakning hiylasi“ (K. Avaz) kabi musiqali komediyalarga, „Jahannam“ (K. Avaz), „Tilim asalim“ (H. Rasul, Sh. Fayzullayev bilan) va boshqa pyesalarga musiqalar bastalagan. Shuningdek, xor asarlari, qoʻshiqlar („Goʻzal“, „Muhabbat qolur“, „Ketdi dilni kuydirib“ va boshqalar) muallifi. „Musiqaning elementar nazariyasi boʻyicha mashq va vazifalar toʻplami“ (2006) hamda „Musiqaning elementar nazariyasi“ (2007) qoʻllanmasi muallifi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |