Oʻzbek kirill alifbosi
O‘zbek-kirill alifbosi — 1940-yilda tasdiqlangan va undan O‘zbekistonda bugun ham foydalanilmoqda. 1993-yilning 2-sentyabrida o‘zbek-lotin yozuvi tasdiqlandi, ammo hamon kirillitsa o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1940-yilning 8-mayida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining III sessiyasida kirilllitsa grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi tasdiqlandi. U quyidagi 35 harf va 1 apostrofdan iborat edi.
А а | Б б | В в | Г г | Д д | Е е | Ё ё | Ж ж |
З з | И и | Й й | К к | Л л | М м | Н н | О о |
П п | Р р | С с | Т т | У у | Ф ф | Х х | Ц ц |
Ч ч | Ш ш | Ъ ъ | Ь ь | Э э | Ю ю | Я
я |
Ў
ў |
Ғ
ғ |
Қ
қ |
Ҳ
ҳ |
' |
Ushbu alifboni to‘liq joriy etishning so‘nggi muddati 1942-yilning 1-yanvari etib belgilandi. Ushbu alifbodan rus-kirill alifbosidagi Ыы va Щщ harflari o‘rin olmadi. Shuningdek, o‘zbek tilining milliy tovushlari hisoblanuvchi dj va ng tovushlari uchun ham alohida harflar kiritilmadi. 1956-yili o‘zbek tilining imlo qoidalari tasdiqlandi va alifbodagi '(apostrof) belgisi chiqarib tashlandi. Uning vazifasi ъ(ayirish belgisi)ga o‘tkazildi. Mamlakatimizda mazkur kirillcha alifbo va imlodan bugungi kunda ham foydalanilmoqda.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |