Munnaboy M.B.B.S
Munnaboy M.B.B.S. | |
---|---|
Film poster | |
Rejissyor(lar) | Rajkumar Hirani |
Prodyuser(lar) | Vidhu Vinod Chopra |
Ssenariynavis(lar) |
Rajkumar Hirani Vidhu Vinod Chopra Abbas Tyrewala (dialoglar) |
Rollarda | |
Bastakor(lar) |
|
Kinematografiya | Binod Pradhan |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | |
Distribyutor | AA Films |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 157 daqiqa |
Mamlakat | Hindiston |
Til | Hindcha |
Byudjeti | ₹100-120 million[1][2] |
Daromadi | ₹562,8 million[1] |
Munnaboy M. B.B.S (hindcha: मुन्ना भाई एमबीबीएस) – 2003-yilda rejissyor Rajkumar Hirani tomonidan suratga olingan Hindiston satira, komediya va drama janridagi filmi. Munnaboy filmlar seriyasining birinchi qismi. 2006-yilda uning davomi Munnaboy 2 suratga olingan.
2003-yil 19-dekabrda namoyish etilgan film katta tanqidiy va tijoriy muvaffaqiyatga erishdi[3] va 2004-yilda „Eng yaxshi ommabop film“ uchun „Milliy kino mukofoti“, bir nechta Filmfare mukofotlari, jumladan, eng yaxshi film, eng yaxshi ssenariy yoʻnalishlarida gʻolib topilgan[4][5]. Indiagames tomonidan filmga asoslangan mobil video oʻyin ham qoʻshilgan[6].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Munnaboy“ laqabli, asl ismi Murli Prasad Sharma boʻlgan „koʻcha“ odami, u Mumbay koʻchalarida tovlamachilik bilan shugʻullanadi. Uni yordamchisi Sarkeshvar Sharma doim qoʻllab-quvvatlaydi. Munnaning odamlari uning haqiqiy shifokor boʻlganiga ishonadigan ota-onasi Xariprasad va Parvatini aldash uchun har yili uning uyini kasalxonaga aylantirib, navbatma-navbat shifokorlar, kasalxona xodimlari va bemorlar rolini oʻynashadi.
Bu yechim koʻp yillar davomida ishlab, Munnaning qishlogʻida ilk kasalxonaga asos solgan doktor Jagdish Astana bilan toʻqnashishi bilan yakunlanadi. Munnaning otasi Astananing uyiga sovchilikka boradi. Munna ota-onasi haqiqatni bilib qolmasligini soʻraydi, Astana esa rozi boʻladi. Biroq, uning xizmatkori Munnaning suratiga hayratlanarli munosabatda boʻladi, Astana haqiqatni tushunadi va Munnani ota-onasi oldida fosh qiladi. Oʻgʻlining haqiqiy kasbi yoʻqligidan hijolat boʻlib, ular shaharni tark etib, uylariga qaytishadi. Munna tibbiy maʼlumotga ega boʻlish orqali hamma narsani toʻgʻrilashga va Astanadan aniq qasos olishga vaʼda beradi. Lekin oʻzi bilmagan holda dekani Astana boʻlgan kollejga oʻqishga kiradi. Munna kirish imtihonini aldab oʻtgani aniq, ammo haqiqiy dalillarni izlab topolmagach Astana Munnaga u yerda oʻqishga ruxsat berishga majbur boʻladi.
Munna talaba boʻlib, kasalxonaning barcha qoidalarini buzadi. U oʻzining „sogʻlom aql bilan muomala qilish“ rejimini qoʻllab, Astananing anʼanaviy fikrlarini notoʻgʻriga chiqaradi. Kollej shifokorlar va bemorlar oʻrtasidagi mexanik, kartezian va koʻpincha byurokratik munosabatlarga urgʻu berishiga qaramay, Munna doimo oʻz atrofida empatik rejimni oʻrnatishga intilib, erak boʻlganda tizimni „oʻzgartirish“ga chaqiradi. Uning xulq-atvori kasalxona xodimlari va bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinib, uning tuzumga qarshi harakatlari ortidagi yaxshi niyat borligiga ishonishadi. Bularning hammasini tartibsizlik sifatida qabul qilgan Astana, Munnani haydashga uringaniga qaramay, Munnani kollejda oʻz oʻrniga ega boʻlishiga toʻsqinlik qila olmaydi.
Munna bundan tashqari kasalxonada ishlaydigan doktor Suman (yoki Chinki) bilan doʻstona munosabat oʻrnatadi. Munna Sumanga boʻlgan muhabbati tufayli, Chinki va uning otasi Astanaga qarshi qasosidan voz kechishga qaror qiladi. Munna kasalxonadagi koʻplab bemorlarni, shu jumladan kollejning birinchi kunida tanishgan oʻz joniga qasd qilish istagida boʻlgan Karan, doktor Rustom Pavrining otasi kabi bemorlarni davolash uchun mehr va muhabbatdan foydalanadi. U hatto hech kim qadrlamaydigan farroshga ham rahmat aytadi va oshqozon saratonidan oʻlayotgan Zohirning kayfiyatini koʻtarish uchun kasalxonaga striptizchini olib kelishni tashkil qiladi.
Astana striptizchi haqida bilgach, buni Munnani haydab chiqarish uchun sabab qilib oladi. Lekin Munna kollejda qolish uchun oʻzini jarohatlaganidan keyin buni qila olmaydi. Biroq, u tuzalib ketgach, shifoxona xodimlari, bemorlar va talabalar Astananing yoʻlida turishadi hamda Munnaning ketishiga ruxsat berishmaydi. Keyin Munna ertasi kuni butun kollej oldida testdan oʻtadi. Oʻsha kechada Zohir vafot etadi. Munna shok holatiga tushib, sinov paytida taslim boʻladi. Bu jarayonda soʻnggi 12 yil davomida miyasi oʻlik boʻlgan paraplegik bemor Anand Banerji hayotga qaytadi. Suman (yoki Chinki) Anandning tuzalishi ortidagi moʻjiza sifatida Munnani koʻrsatib, uni himoya qilib, samimiy nutq soʻzlaydi. Nihoyat bu voqealardan soʻng Astana Munna haqidagi fikrini oʻzgartirishga majbur boʻladi.
Munna shifokor boʻlmaydi, lekin uning „moʻjizaviy“ muolajalari haqidagi xabar ota-onasiga yetib boradi. Ular shaharga qaytib, uni kechirganini aytishadi. Munna doktor Sumanning aslida Chinkiligini bilib, unga uylanadi va ular birgalikda Munnaning qishlogʻida haqiqiy kasalxona ochadilar. Sarkeshvar Sharma ham bir yil oʻtib uylanada oʻgʻil koʻradi. Film yakunida, salomatligi tiklangan Anand bir nechta bolalarga ushbu voqeani aytib beradi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sunil Dutt – Shri Hari Prasad Sharma, Munnaning otasi sifatida;
- Sanjay Dutt – Murli Prasad Sharma (Munnaboy) rolida;
- Gracy Singh – doktor Suman Astana (Chinki) rolida;
- Arshad Warsi – Sarkeshvar sifatida; Munnaning yordamchi;
- Boman Irani – Doktor Jagdish Chandra „JC“ Asthana sifatida; Sumanning otasi va tibbiyot instituti dekani;
- Rohini Hattangadi – Parvati Sharma sifatida; Munnaning onasi
- Jimmy Sheirgill – Zaher Ali Xon sifatida;
- Neha Dubey – Shalini; Sumanning doʻsti va soxta Chinki rolid;
- Kurush Deboo – doktor Rustom Pavri;
- Yatin Karyekar – Anand Banerji;
- Mumaith Khan – Nandini (Rina) rolida;
- Priya Bapat – Minal sifatida; 1-bosqich tibbiyot talabasi rolida;
- Pushkar Shrotri – tibbiyot institutidagi professor;
- Vishal Thakkar – Karan; institutda oʻz joniga qasd qilgan bemor;
- Anuradha Chandan – Karanning onasi sifatida;
- Nawazuddin Siddiqui;
- Rohitash Gaud;
- Anuradha Chandan;
- Khurshed Lawyer;
- Bomi Dotiwala.
Qayta ishlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film tamil tilida Vasool Raja M. B.B. S. (2004), telugu tilida Shankar Dada M. B..B. B..S (2004) va Kannada tilida Uppi Dada M.b. B.s (2007) sifatida qayta suratga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Munnabhai M.B.B.S.“. Box Office India. 2015-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
- ↑ Unnithan, Sandeep „Southern film industry rushes for Munnabhai remakes, Hindi sequel in offing“ (en). India Today (2004-yil 12-aprel). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ PTI. „Rajkumar Hirani’s ‘Munna Bhai MBBS’ turns 20: Sanjay Dutt hopes to star in third part of the franchise“ (en-IN). The Hindu (2023-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „10 movies we couldn't imagine without Sanju Baba“ (en). The Express Tribune (2016-yil 21-mart). 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
- ↑ Sharma, Mukul. „From Swades to 3 idiots and Bajirao Mastani: Why these Christmas releases remain special“ (en). Jagran English (2021-yil 25-dekabr). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ „Munnabhai M.B.B.S“ (en). phoneky.com. 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.