Muiniddin Chishtiy
Xoja Muiniddin Muhammad Husayniy Hasan Sanjariy Ajmiriy Chishtiy (Xuroson shahri, 1142-yil[1] — 1236-yil Hindiston) – chishtiya tariqati murshidi[2].
Muiniddin Muhammad Chishtiy oʻn besh yoshida otasidan yetim qoladi. Keyin ilm talabida Samarqand, Nishopur, Bagʻdod kabi shaharlarni kezib ikki yil Samarqandda oʻqiydi. Buxoro shahrida Mavlono Husomiddin qoʻlida tahsil oladi. Nishopurda chishtiya tariqati murshidi Usmon Horuniyga murid tushadi. Sayohatlari davomida koʻplab mashoyixlar bilan suhbat qiladi. Abdulqodir Jiyloniy, Shahobiddin Umar Suxravardiy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Ahvaduddin Kirmoniy, Abu Said Tabriziy va Nosiriddin Astrabadiylar bilan koʻrishgan. Keyin Hindistonga koʻchib oʻtib oʻsha yerda murshidlik qilgan. Muiniddin Muhammad Chishtiyni „oftobi mulki Hind“ yaʼni „Hind diyorining oftobi“ deya sharaflashadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Official Dargah Sharif’s website (Wayback Machine saytida 2011-08-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ Turar, Usmon. Tasavvuf Tarixi. Toshkent: Istiqlol, 1999 — 190-bet. ISBN BBK 86.38.