Kontent qismiga oʻtish

Muhammad al-Taniy masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Muhammad al-Taniy masjidi
somalicha: Masaajidka Maxamed Al Taani
Mamlakat  Somali
Shahar Mogadisho
Asoschi Muhammad Ali

Muhammad al-Taniy masjidi (somalicha: Masaajidka Maxamed Al Taani) – Somalining Mogadisho shahridagi oʻrta asrlarda Hamar Veyne tumanida qurilgan masjid[1].

Xamar Vayn jome masjidiga yaqin joylashgan Muhammad al-Taniy masjidining mehrobidagi sheroziy uslubidagi yozuvlar uning qadimiyligidan dalolat beradi. Aydarus Sharif Ali oʻzining „Bugʻyat al-amal fi tarix as-sumal“ kitobida yozishicha, hijriy 604-yilda Muhammad Ali ismli kishi Misrdan Mogadishoga kelib, shahar hokimi boʻlgan[2]. Uning hukmronligi davrida quyidagi masjidlar barpo etilgan: Muhammad al-Avval (yaʼni Muhammad Birinchi) masjidi (mahalliy aholi uni Jamoa Xamar Vayn deb ataydi), Muhammad al-Taniy (Muhammad Ikkinchi) masjidi va Arbaʼ Rukun (toʻrt burchakli) masjidi. Aydarusning taʼkidlashicha, bu masjidlarning soʻnggisi – Arbaa Rukun masjidi – hijriy 667-yilda (milodiy 1269-yilda) qurib bitkazilgan[3].

  1. Adam, Anita. Benadiri People of Somalia with Particular Reference to the Reer Hamar of Mogadishu — 204-205-bet. 
  2. Scikei, Nuredin. Exploring the old Stone Town of Mogadishu, 2017 — 58-bet. 
  3. Sharif, 'Aydarus. Bughyat al-amal fi tarikh al-sumal, 1950 — 83-86-bet.