Somali (til)
Somali, somali tili — somhom tillarm oilasining kushit tillari sharqiy guruhiga mansub va Somalida, Jibuti jan.da, Efiopiya sharqida va Keniyaning shim.sharkida tarqalgan; arab tili bilan birga Somali Demokratik Respublikasining rasmiy tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 9 mln. kishiga yaqin. Asosiy laxjalari: isaak, issa, darod, dagil, xaviya va boshqa Somali (til)da choʻzikligi va hosil boʻlish oʻrniga koʻra farqlanuvchi 20 ta unli bor, unlilar garmoniyasi mavjud; soʻz urgʻusi erkin. Morfologiyasida otlar 2 jins kategoriyasiga ega, 4 kelishik boʻyicha oʻzgaradi. Suffiksatsiya va soʻz qoʻshish asosiy soʻz yasovchi vositalaridandir. Lugʻat tarkibida koʻplab arabiy oʻzlashmalar uchraydi. Somali (til) uchun 1973-yildan lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |