Muhammad Dovud Xon
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muhammad Dovud Xon (1908-1978) - Afgʻoniston davlat arbobi, general. Qandahor va Sharqiy viloyatlar general-gubernatori (1933—46), Markaziy armiya korpusi qoʻmondoni, ichki ishlar vaziri (1946—47), Afgʻonistonning Fransiya, Belgiya va Shveysariyadagi elchisi (1947—49), milliy mudofaa vaziri (1949—50), bosh vazir (1953-63). M.D. 1973-yil 17-iyulda armiya yordamida davlat toʻntarishi oʻtkazib, Afgʻonistonni respublika deb eʼlon qilgan. M. D. prezident kilib saylangan hamda bosh vazir qilib tayinlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |