Kontent qismiga oʻtish

Mixail Gayvoronskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Gayvoronskiy
Mixail Gayvoronskiy portreti
Mixail Gayvoronskiy portreti
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Mixail Gayvoronskiy
1892-yil 15-sentyabr
Zalishiki (hozirgi Ukraina, avval Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan)
Vafoti 1949-yil 11-sentyabr
Nyu York, AQSH
Kasbi Bastakor
Skripkachi
Dirijor
Oʻqituvchi

Mixail Orest Gayvoronskiy (Mixailo Orest Gayvoronskiy) (ukraincha: Михайло Орест Гайворонський) (1892-yil 15-sentyabr – 1949-yil 11-sentyabr) ukrainalik bastakor, musiqachi, dirijyor, oʻqituvchi, skripkachi va tanqidchi.

Mixail Gayvoronskiy 1892-yil 15-sentyabrda Podolsk viloyatidagi Zalishiki shahrida tugʻilgan. 1912-yilda Zalishiki seminariyasini tugatgandan soʻng, Lvovdagi Nikolay Lisenko nomidagi musiqa institutiga oʻqishga kirgan. Birinchi jahon urushi boshida Gayvoronskiy qatnashgan Galich milliy mustaqillik harakati mavjud boʻlgan. U koʻplab orkestrlarning tashkilotchisi, dirijyori va nazoratchisi boʻlgan. 1920-yillarning boshlarida Mixail musiqiy hayotda faol ishtirok etgan. Lvovdagi Nikolay Lisenko nomidagi musiqa institutida dars bergan, qizlar gimnaziyasida musiqa oʻqituvchisi boʻlgan va birlashgan Boyan va Bandurist xoriga dirijyorlik qilgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yilda M. Gayvoronskiy AQShga Nyu York shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda 1924-yilda musiqa konservatoriyasiga asos solgan va Kolumbiya universitetida maʼruza qilgan. Keyinchalik 1936-yilgacha boshqargan Ukraina cholgʻu orkestrini tashkil qilgan. Gayvoronskiy, shuningdek, yetti cherkov xori qoʻshiqchilari bilan qoʻshma xor tashkil qilib, unga dirijyorlik qilgan, ular bilan 1932-yildan 1936-yilgacha oʻz asarlaridan katta kontsertlar bergan. 1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, bastakor musiqa yozish va Amerikadagi ukrainalik yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga koʻproq eʼtibor qaratgan. Gayvoronskiy 1949-yil 11-sentabrda Nyu Yorkda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan.

Mixail Gayvoronskiyning eng mashhur qoʻshiqlari qatoriga 30 dan ortiq striletski qoʻshiqlari (baʼzilari oʻz sheʼrlariga asoslangan), Dovbush rapsodiyasi, uverturalari, puflama musiqa asboblari orkestri uchun raqslari va marshlari kiradi.

Amerikada Gayvoronskiy tomonidan yaratilgan muhim asarlar:

  • Simfonik Allegro
  • Chervona Kalina valsi
  • skripka triosi uchun kvartetlar:
    • Morozenko
    • Christmas Suite
    • Kolomiyka
  • skripka qismlari:
    • Eulogiya
    • Koliskova
    • Song without words
    • Serenada
    • Sonatina

M. Gayvoronskiy xor kollektsiyalarini ham yaratgan:

  • Kerollar va shedrivkalar
  • Hutsul Rojdestvosi
  • ikkita liturgiya
  • ikkita Ije Xeruvim

Uning eng mashhur teatr asarlari:

  • Viy
  • Dovbush
  • Getman Doroshenko

Wytwycky W. Maykl O. Hayvoronsky – Life and work NY, 1954