Mixail Antonovskiy
Mixail Yakovlevich Antonovskiy | |
---|---|
Tavalludi |
20-fevral 1932-yil |
Vafoti |
11-avgust 2019-yil (87 yoshda) |
Kasbi | Topolog |
Unvoni | Fizika-matematika fanlari doktori |
Mixail Yakovlevich Antonovskiy (1932-yil, 20-fevral-2019-yil, 11-avgust) – topologiya sohasidagi sovet va rus olimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mixail Yakovlevich Antonovskiy 1932-yil 20-fevralda Odessa shahrida tugʻilgan. U Toshkentdagi Oʻrta Osiyo Davlat universitetini tamomlagan. Keyinchalik aspiranturani V.I.Romanovskiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika institutida oʻqiydi. 1959-yilda „Yopiq boʻlmagan toʻplamlarning gomologik halqalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1].
Mixail Yakovlevich Antonovskiy 1959-yildan boshlab Toshkent Davlat universitetida oʻqituvchilik va ilmiy faoliyatini olib boradi. U 1960-yilda „Yarim maydonlar ustidagi metrik fazolar“ nomli doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Mixail Yakovlevich Moskvaga koʻchib kelganidan soʻng SSSR Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot va matematika markaziy institutida ekologik va iqtisodiy tizimlarni matematik modellashtirish sohasida ishlagan. U SSSR Gidrometeorologiya davlat qoʻmitasi va SSSR Fanlar akademiyasining Tabiiy muhit va iqlim monitoringi laboratoriyasining boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan. 1989-yilda tashkilot Roshidromet va Rossiya Fanlar akademiyasining Global iqlim va ekologiya institutiga aylantirilgan. U 2014-yildan Xalqaro amaliy tizimlar tahlili instituti (IIASA) bosh ilmiy xodimi lavozimida ishlagan.
Mixail Yakovlevich Antonovskiy 2019-yil 11-avgustda vafot etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Антоновский Михаил Яковлевич 1932 Д-р ф.-мат. наук“. www.nlr.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
- ↑ „скончался доктор физико-математических наук, профессор Михаил Яковлевич АНТОНОВСКИЙ“. www.igce.ru. 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.