Mitake (Gifu)
Mitake 御嵩町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°26′3.9″N 137°7′50.6″E / 35.434417°N 137.130722°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 56.69 km2 (21.89 kv mi) |
Aholisi (January 1, 2019) |
18 363 |
Zichligi | 320 kishi/km2 |
Telefon kodi | 0574-67-2111 |
|
Mitake (yaponcha: 御嵩町 Mitake-chō ) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Kani tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, shaharda 18363 nafar aholi 7348 ta xonadonda istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi 1 km2 ga 330 kishidan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 56,69 kvadrat kilometr (21,89 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitake Gifu prefekturasining janubi-markazidagi Nobi tekisligining chekkasida joylashgan. Shahar boʻylab Kiso daryosi oqib oʻtadi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Mitakeda oʻrtacha yillik harorat 14,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1986 mm boʻlib, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,0 °C atrofida [2]
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Mitake aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shundan beri bir oz kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 14,798 | — |
1980 | 16,794 | +13.5% |
1990 | 18,83 | +12.1% |
2000 | 19,653 | +4.4% |
2010 | 18,824 | −4.2% |
2020 | 17,516 | −6.9% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitake atrofidagi hudud Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Fushimi-juku va Mitake-juku Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo shossesida post stansiyalari sifatida gullab-yashnadi. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Gifu prefekturasining Kani tumani tarkibida tashkil etildi. Mitake shahri 1889-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1955-yil 1-fevralda Mitake qoʻshni Fushimi va Naka shaharlarini shuningdek, Kaminogo qishlogʻini oʻzlashtirdi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitake bir vaqtlar qoʻngʻir koʻmirning asosiy ishlab chiqaruvchi markazi boʻlgan, 1947-yilda eng yuqori choʻqqisiga yetgan davrlarda 100 dan ortiq koʻmir konlari ishlagan va mamlakat mahsulotning chorak qismidan koʻprogʻini ishlab chiqargan; ammo 1968-yilga kelib oxirgi konlar ham yopilgan. Hozir shaharchada yerning cho‘kishi tobora kuchayib borayotganligi asosiy muammo hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitakeda uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi hamda qoʻshni Kani shahrida joylashgan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek shaharda Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat yuqori sinf maktabi ham mavjud.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar hech qanday milliy avtomagistrallarda joylashgan emas.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mitake town official statistics (Wayback Machine saytida 2008-09-13 sanasida arxivlangan) (yaponcha)
- ↑ Mitake climate data
- ↑ Mitake population statistics
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mitake official website (Wayback Machine saytida 2008-09-13 sanasida arxivlangan) (yaponcha)