Kontent qismiga oʻtish

Lignit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lignit (lotincha lignum yogʻoch — daraxt) — yonuvchi foydali qazilma. Qoʻngʻir koʻmir qatlamlarida daraxt toʻqimasi tuzilishini oʻzida saqlagan kam koʻmirlashgan yogʻoch (asosan, ignabargli daraxtlar). AQSH va baʼzi bir Yevropa mamlakatlarida kam koʻmirlangan qoʻngʻir koʻmir L. deb yuritiladi. Ukrainada Dnepr qoʻngʻir koʻmir havzasi va Zakarpatye qoʻngʻir koʻmir rayonida L. bor. Kimyo sanoati xom ashyosi va yoqilgʻi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil