Mirzo Abdukarim Tanburiy
Mirzo Abdukarim Tanburiy | |
---|---|
Tavalludi |
1866-yil Vobkent |
Vafoti |
1924-yil Buxoro |
Janrlar | mumtoz musiqa va ashula |
Kasbi | tanburchi, hofiz va san’atkor |
Fuqaroligi | Buxoro amirligi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi |
Mirzo Abdukarim Tanburiy (1866, Vobkent — 1924, Buxoro) — XIX asr oxiri va XX asr boshida Buxoroda yashab ijod etgan mashhur tanburchi hofiz va san’atkor.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzo Abdukarim Tanburiy hozirgi Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tug‘ilib, yoshligi o‘sha yerda o‘tadi. Boshlang‘ich savodini Vobkentda chiqarib, so‘ngra o‘z ilmini chuqurlashtirish maqsadida Buxoroga ko‘chib keladi. Mirzo Abdukarim Tanburiy (Vobkandiy) tanbur chalishni Otajalol va Otag‘iyos darajasida o‘rganib, maqomxonlikda ham ustozlar qatoridan munosib joy oladi. Shashmaqomning „Savt“ va „Talqin“larini ijro etishda Buxoro hofizlari orasida obro‘ orttirgan xonanda cholg‘u asboblarini ta’mirlash va yangilarini yasashda ham Buxoro va uning tashqarisida mashhur usta sifatida tanilgan. U, xususan, tanbur sozini juda nafis va chiroyli qilib yasagan[1].
Shogirdlari
[tahrir | manbasini tahrirlash].Iste’dodli tanburchi va hofiz Mirzo Abdukarim Tanburiy shogird tayyorlash borasida ham ancha xizmat qildi. Quyidagi nomlari qayd etilgan hofiz va sozandalar uning iste’dodli shogirdlari hisoblanadi[2]:
- Ma’rufjon Toshpo‘latov — Buxoro shashmaqomi mushkilot yo‘llarining bilimdoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi. Bir necha yillar Buxoro amiri Olimxon saroyida musiqachi sozanda sifatida faoliyat yuritgan. „Tilla noxun sozanda“ taxallusi bilan tanilgan. U nafaqat tanbur, balki sato, g‘ijjak, doira va boshqa cholg‘ularni ham yuksak mahorat bilan ijro etgan.
- Shohnazar Sohibov — o‘zbek va tojik hofizi, mashhur tanburchi, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. U Buxoro ijrochilik an’alarini davom ettirib, mumtoz ashula va maqomlarni mahorat bilan kuylagan.