Savt
Savt (arab. — ovoz, tovush) — biror cholgʻu yoki vokal musiqa asari pardalari va kuy ohangi asosida yaratilgan kuy yoki ashula. Oʻzbek musiqasida muayyan kuy va ashulalar oʻzgacha doira usullariga tushirilib, ularning har xil variantlari yaratilgan va muayyan maqom, xalq kuyi yoki ashulalarining savti deb atalgan. "S." soʻzi 16-asrdan boshlab musiqa yozma manbalarida keng qoʻllanilib, Oʻn ikki maqom tizimida kichik shaklli ashulalar sifatida sharhlanadi. Shashmaqomsa esa S.lar maqomlarning 2guruh shoʻbalaridan boʻlib, yirik shakldagi ashula turkumlarini tashkil qiladi va Savti Sarvinoz (Buzruk maqomida), Savti Ushshoq, Savti Kalon, Savti Sabo (Rostda), Savti Navo (Navoda), Savti Chorgoh (Dugohda) deb nomlanadi. Shashmaqomdagi S.larning shoxobchalari Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb ataladi va shu nomli doira usullarida ijro etiladi. Slar turli, ayniqsa, turkumli kuy va ashulalarning muayyan qismini ham bildiradi: Savti Ajam — Ajam turkumining 2-qismi; Savti Munojot — Munojot turkumining 2-qismi (mazkur S.ning surnay yoʻli ham mashhur); Savti Suvora — Suvoralarning 2-qismi; Savti Surnay Dutohi — Surnay Dugoxining 2-qismi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |