Mirpoʻstin ota jome masjidi
Masjid | |
Mirpoʻstin ota jome masjidi
| |
Mamlakat | O'zbekiston |
Hudud | Andijon shahri |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomʼe masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Yo'ldashev Sayfiddin |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik |
Mirpo'stin ota jome masjidi — Andijon viloyatining Andijon shahri Mirpo'stin mahallasi Maybog'cha ko'chasida joylashgan shu nomli masjid va ziyoratgoh.
Ziyoratgoh tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu masjidda joylashgan ziyoratgohga Xo'ja Ahror Valiyning izdoshlaridan biri bo'lgan, XVI asrda yashab o'tgan hazrat Hisomiddin (Asomiddin ham deyiladi) avliyo ya'ni Mirpo'stin ota dafn etilgan.
Rivoyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyatlarga ko'ra, Xo'ja Hisomiddin doim bir po'stinda yurganligi uchun el-yurt orasida "Birpo'stinli ota" nomi bilan tanilgan. Keyinchalik, oradan yillar o'tishi bilan uning nomi "Mirpo'stin" shaklida talqin etila boshlangan[1]. Biroq ayrim ma'lumotlarga asosan hazrat Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) xonadonlariga mansub sayyidlar avlodidan bo'lganligi uchun ularning ismiga "Mir" so'zi qo'shilgan bo'lishi mumkin[2].
Masjid arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning to'g'ri burchakli ustunli xonasi uch tomonli ayvon bilan mutanosib qurilgan. Xom g'ishtdan ishlangan qo'sh sinchli binoning poydevori sifatida terilgan. Ustunli, to'sinli konstruksiya masjid tomini tekkis bo'lishiga xizmat qilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Baxtiyor Eraliyev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov.. O'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. Andijon va Namangan viloyatlari / Ikkinchi kitob (O'zbek tilida), 2014 32-bet
- ↑ Majzub Namangoniyning "Tazkirat ul-avliyo" asaridan
- ↑ https://www.youtube.com/watch?v=MAS1VMKifzA