Kontent qismiga oʻtish

Miozin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
miozin HC (fragment) dimer, Dictyostelium discoideum.

Miozin — muskul tolalari (miofibrillar)ning asosiy oqsili. Muskul oqsilining 40—60%ini tashkil etadi. Globulinlarga kiradi. M. miofibrillarning boshqa oqsili — aktin bilan birikkanda muskullar qisqarish sistemasining asosiy struktur elementi — aktomiozin hosil boʻladi. M.ning muhim xossalaridan yana biri adenozintrifosfat kislota (ATF)ni parchalab yuborishidir. Ayni vaqtda bir talay energiya vujudga keladi va M. aktin bilan birikib, muskulning qisqarishini taʼminlaydi. Proteolitik fermentlar taʼsirida M. ogʻir meromizoin va yengil meromiozinga parchalanadi. M.ga oʻxshash oqsillar xivchinlilar, kipriklilar va boshqa koʻpgina sodda hayvonlar hamda bakteriyalar, hayvonlar spermatozoidlari va baʼzi oʻsimliklarda topilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil