Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Partiya tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi (OʻzMTDP)
Yetakchi Alisher Qodirov
AlisherQodirov
Tashkil etilgan 3-iyun, 1995-yil(1995-06-03)
Shtab kvartiralari

Toshkent (Oʻzbekiston)

Milliy tiklanish partiyasi binosi
Shiori Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!
Qonunchilik palatasidagi
oʻrinlar
29 / 120
(I chaqiriq)
31 / 150
(II chaqiriq)
36 / 150
(III chaqiriq)
36 / 150
(IV chaqiriq)
Vebsayt mt.uz

Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi (OʻzDP) – Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yilning 3-iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan.

OʻZBEKISTON „MILLIY TIKLANISH“ DEMOKRATIK PARTIYASINING SOLNOMASI

1995-yil 3-iyun kuni Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasining taʼsis qurultoyi qarori bilan partiya tashkil etildi.[1]

1995-yil 10-iyun kuni „Milliy tiklanish“ gazetasining ilk soni chop etildi.

1999-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (Fidokorlar MDP) tashkil etilgan.

1999-yil 4-fevralda „Fidokor“ – ijtimoiy-siyosiy gazetasining dastlabki soni chop etildi.

2008-yil 20-iyun kuni Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasining birlashuv qurultoyida ikki partiya negizida yangi Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi (OʻzMTDP) tashkil etildi.

2008-yil 11-avgust kuni OʻzMTDP Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtdi.[2]

2008-yil 13-avgust kuni Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va Oʻzbekiston „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzMTDPning yangi fraksiyasi tuzildi.

2008-yil 9-sentyabrdan hududlarda OʻzMTDP hududiy partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari oʻtkazildi. Ularda Kengash, Nazorat-taftish komissiyasi, Kengash Ijroiya qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari saylandi. Shuningdek, joylarda tuman (shahar) partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari oʻtkazilib, Kengash, Kengash Ijroiya qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qoʻmitasi raislari saylandi.

2009 yil 27 dekabrda – OʻzMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 31 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 954 nafar deputat saylandi.

2014 yil 27 dekabrda – OʻzMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 36 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 1105 nafar deputat saylandi.

2015-2016-2021-yillarda partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etgan. Prezidentlikka Akmal Saidov, Sarvar Otamuratov va Alisher Qodirovlar partiyadan nomzod sifatida koʻrsatilgan.[3]

2019 yil 24 dekabrda – OʻzMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 36 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 1266 nafar deputat saylandi.[4]

2022 yil 1 aprel holatiga partiya aʼzolar soni 358 377 nafarni tashkil etadi. Ulardan 48 foizi yoshlar, 44 foizi xotin-qizlardir.

2022 yil 1 aprel holatiga koʻra, partiya 14 ta hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar), 32 ta shahar 175 ta tuman Kengashlariga hamda 7032 ta boshlangʻich partiya tashkilotlariga ega.

= "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ramzi = [5]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
= "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ramzining tavsifi quyidagicha:
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashil rangdagi yarim oy, unumdor zaminimiz bilan birga muqaddas qadriyatlarimizga ishora.

Moviy rangdagi zamin xalqimizning halol va pok ruhiyati nishonasi.

Simurgʻ qushi – Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr"[6] asaridan olingan farovonlik va tiklanish ramzi boʻlib, fikrlar va gʻoyalar turli boʻlsa ham yagona maqsad yoʻlida birlashishga chaqiradi.

Navoiy dunyoning turli joylariga farovonlik qushi Simurgʻni izlab, xarob boʻlgan oʻttiz qush uni izlamasdan birlashganlarida Simurgʻ (oʻttiz qush-forscha) ularning birlashgan holati ekanligini taʼkidlaydi.

Partiya ramzi barakali Oʻzbekiston zaminida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, halol va bagʻrikeng xalqimizni yagona maqsad yoʻlida birlashtirish maqsadlarini ifoda etadi.

2020-2024-yillarga moʻljallangan saylovoldi dasturi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiya raislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1 Qayumov

Azizxon Poʻlatovich

Filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

1995 – 1996-yillar „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi raisi boʻlgan.

2 Gʻafurov Ibrohim Usmonovich Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi

1996 – 2004-yillar „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi raisi boʻlgan.

3 Doʻstmuhammedov

Xurshid Nabiyevich

Filologiya fanlari doktori, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi"

2004 – 2008-yillar „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi raisi boʻlgan.

4 Tursunov Axtam Salomovich Yuridik fanlari doktori, professor

2008 – 2013-yillar Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi boʻlgan.

Otamuratov Sarvar Sadullayevich Sotsiologiya fanlari doktori, dotsent

2013-2019-yillar Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi boʻlgan.[7]

5 Qodirov Alisher Keldiyevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari,

„Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi 2019-yildan hozirga qadar.[8]

Partiya Madhiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aʼzolar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

672 058 nafar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi Fraksiya Aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastur amalda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiya ijtimoiy tarmoqlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiya gazetasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Milliy tiklanish“ gazetasi „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy nashri sanaladi.[9]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gazetada „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi, shuningdek, partiyadan saylangan barcha darajadagi deputatlar faoliyati keng yoritiladi. Yaʼni, partiya markaziy nashri orqali gʻoya va maqsadlari, vazifalarini keng targʻib etib, jamoatchilikni bu borada amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishtirib kelmoqda.

„Milliy tiklanish“ gazetasi Yangi Oʻzbekiston islohotlari hamda gazetxonlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ham mazmunan, ham shaklan keskin oʻzgardi.

Gazetada bugun partiya gʻoyalaridan kelib chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, Davlat tili maqomini mustahkamlash, tarix, madaniyat va sanʼat, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar ham keng yoritilyapti. Ijtimoiy hayotdagi muammo va kamchiliklar tahlili oid tanqidiy maqolalari bilan gazeta yanada ommalashmoqda.

Nashr Bosh muharriri: Mirodil Abdurahmonov.

Gazeta haftalik boʻlib, 1995-yilning 10-iyunidan boshlab chop etib kelinadi. Nashr adadi: 5200

[tahrir | manbasini tahrirlash]

100001, Toshkent sh., Maqsud Shayxzoda koʻchasi, 1A-uy

+998 71 239 45 77