Kontent qismiga oʻtish

Akmal Saidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidov Akmal Xolmatovich
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-oktyabr 1958-yil (1958-10-11) (66 yosh)
Navoiy
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Saidov Akmal Xolmatovich (1958-yil 11-oktyabr, Toshkent viloyati,Zangiota tumani) — Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi. 2007 va 2015-yilgi prezidentlik saylovlari qatnashchisi[1].

1981-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridika fakultetini muvaffaqiyatli yakunlagan. 1984-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan boʻlsa, 1990-yilga kelib doktorlik dissertatsiyasini muvvafaqiyatli himoya qilgan. 1985-yikdan 1989-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huquq instituti ilmiy xodimi va boʻlim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1989yildan 1990-yilgacha Oʻzbekiston SSR Komsomol ittifoqi raisi boʻlgan. 1990-yildan toki 1991-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti direktori boʻlib ishlagan. 1991 va 1993-yillar orasida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi jahon muammolari kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 1992-yildan 1993-yilga qadar Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi 2-kotibi boʻlib ishlagan. 1993 va 1994-yillar orasida oʻzi tahsil olgan Toshkent yuridik institutida rektor boʻlib ishlagan. 1994-yildan tok 1996-yilgacha Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi, UNESCOdagi vakili boʻlgan. 1996-yildan eʼtiboran Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi. Keyinchalik yaʼni 2000-yildan — Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari boʻyicha qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan. 2017-yilda — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzoligiga saylangan. 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi maslahat kengashi raisi lavozimida faoliyatini boshlagan[2] 2020-yilga kelib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi oʻrinbosari bo‘lib faoliyat yuritmoqda[3]. Akmal Saidov Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega[4].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akmal Saidov olim sifatida 1984-yilda „Sovet qiyosiy huquqining nazariy muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

U oʻzining 20 yildan ortiq ilmiy faoliyatini zamonaviy huquq tizimlarini oʻrganishga bagʻishlagan, uning bu boradagi asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Avstriya, Yaponiya, Polsha kabi davlatla shular jumlasidandur.

Hozirda Saidovning aksariyat ilmiy ishlari va darsliklari rus kitobxonlari uchun moʻljallangan. Shu bilan birga rus mualliflarining bir qancha asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan va Oʻzbekistonda nashr etishga boshchilik qilgan.

Akmal Saidov oʻzbek va rus tillari bilan bir qatorda ingliz va fransuz tillarini ham yaxshi biladi.

  1. Biografiya, 20-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-noyabr 2016-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. https://m.kun.uz/news/2018/05/05/prezident-uzuridagi-maslaat-kengasiga-kim-raisi-bulisi-malum
  3. https://m.kun.uz/news/2020/01/20/akmal-saidov-qonunchilik-palatasi-spikerining-birinchi-orinbosari-boldi
  4. „arxiv nusxasi“. 11-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2019-yil.