Midxat Posho
Ushbu sahifani Midhat Paşa bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Midxat Posho | |
---|---|
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vaziri | |
Mansab davri 1876-yil 19-dekabr – 1877-yil 5-fevral | |
Monarx | Abdulhamid II |
Oʻtmishdoshi | Mehmed Rushdi Posho |
Vorisi | Ibrohim Adham Posho |
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vaziri | |
Mansab davri 1872-yil 31-iyul – 1872-yil 19-oktabr | |
Monarx | Abdulaziz |
Oʻtmishdoshi | Mehmed Rushdi Posho |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Ahmad Shafiq Midxat 18-oktabr 1822-yil Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
Vafoti |
26-aprel 1883-yil Toif, Hijoz, Usmonlilar imperiyasi |
Oʻlim sababi | qotillik |
Fuqaroligi | Usmonlilar imperiyasi |
Millati | turk |
Istiqomat joy(lar)i | Istanbul, Damashq, Bolqon, Hijoz |
Dini | islom |
Mashhur ishlari | Turkiya konstitutsiyasi |
Ahmad Shafiq Midxat Posho[1] (1822-yil 18-oktabr — 1883-yil 26-aprel) — Usmonlilar imperiyasini demokratlashtirish tarafdorlaridan biri[2], imperiya bosh vaziri[3] va Tanzimat davrining yetakchi davlat arboblaridan biri[4]. U 1876-yilgi Usmonli konstitutsiyaviy harakatiga rahbarlik qilish va Birinchi parlament davrini joriy etish bilan tarixda nom qoldirgan[5]. Bu islohotlarni Usmonli davlatining barcha viloyatlarida yoyishga intilgan. Midxat Posho Usmonlilar imperiyasi iqtisodiy inqirozga uchraganini tan olib, islohotlar oʻtkazishni juda zarur deb bilgan[6]. Midxat Posho siyosiy qarashlari liberalizmga moyil boʻlgan[7][8][9].
Tarixchi Karolin Finkel unga „Tanzimat davrining haqiqiy vakili, Usmonlidagi ayirmachilik harakatlariga yagona hukumat boshqaruviing afzalligini isbotlagan shaxs“ deb taʼrif bergan[10].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Midxat posho hijriy 1238-yil safar oyida Istanbulda (1822-yil 18-oktyabr)[11] musulmon ulamolaridan birining oilasida dunyoga keldi[12]. U dastlab otasi qoʻlida, soʻngra madrasada tahsil olgan[13]. Uning otasi Hoji Hofiz Muhammad Ashraf afandi edi. Oila bektoshiylar urugʻiga mansub boʻlgan.
Uning yoshligi Vidin, Lovech va Istanbulda oʻtgan[14]. 1836-yilda Bosh vazirning kotibiyatida ishlagan, 1854-yilda vazir Qibrisli Mehmed Emin Posho unga Adrianopol viloyatini tinchlantirish vazifasini topshirganManba xatosi: Closing </ref>
missing for <ref>
tag. U 1864-1868-yillarda Dunay viloyati hokimi boʻlgan[15]. Uning hokimlik davrida son-sanoqsiz maktab va taʼlim muassasalari qurilgan, kasalxonalar, don omborlari, yo‘llar va ko‘priklar tiklangan[16]. Ammo u Bosh vazir Ali Posho bilan ziddiyatga borgani sababli 1869-yilda Bagʻdod hokimi etib tayinlandi, chunki bunday uzoq masofaviy lavozimga tayinlanish imperiyada jazo sifatida koʻzlanganManba xatosi: The opening <ref>
tag is malformed or has a bad name.
1869-yilda Bagʻdodga kelganidan soʻng u bir qator davlat maktablarini ochdi. Ilgari shaharda davlat taʼlim muassasalari boʻlmagan[17]. Shuningdek, Oltinchi armiyani (Usmonlining yevropacha usulda tarbiyalangan va eng ilgʻor qurollar bilan taʼminlangan qoʻshini) isloh qilishga urgʻu berdi va shu maqsadda harbiy maktablar ochdiManba xatosi: The opening <ref>
tag is malformed or has a bad name. 1900-yilga kelib, fuqarolik oʻrta maktabida atigi 96 oʻquvchi oʻqidi, oʻsha yili harbiy tayyorgarlik maktabida 256 nafar va oʻrta harbiy maktabda 846 oʻquvchi oʻqidi[17]. Bu narsa albatta oʻsha davrdagi siyosiy notinchliklar uchun armiyaning zarurligi bilan izohlanadi.
Buyuk vazir lavozimiga tayinlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1872-yilda turk sultoni Abdulaziz tomonidan Buyuk vazir etib tayinlangan, biroq uning bu lavozimi moliyaviy masalalarda sulton Abdulaziz bilan ziddiyati sababli toʻxtab qolgan[18]. 1873-1875-yillarda Adliya vaziri boʻlib ishlagan, ammo konstitutsiyaviy tuzumga moyilligi tufayli uning bu idoralardagi faoliyati qisqa muddat davom etgan[19].
1875-1876-yillardagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz unga yangi konstitutsiya ishlab chiqish gʻoyasini ilgaris surishga imkon berdi[19].
1876-yil 15-iyunda Cherkes Hasan ismli Usmonli armiyasi zobiti Midxat Posho saroyidagi yigʻilishga hujum qildi. Harbiy vazir Husayn Avniy Posho, tashqi ishlar vaziri Rashid Posho va Midxatning xizmatkorlaridan biri Ahmad og‘a otib o‘ldirildi. Hammasi boʻlib 5 kishi halok boʻldi va 10 kishi yaralandi[20]. Cherkes Hasan oʻlimga hukm qilindi.
Midxat posho 1876-yil 19-dekabrda Mehmed Rushdiy Posho o‘rniga yana buyuk vazir etib tayinlandi[18]. Bu lavozimga tayinlangach, u islohot yoʻlidan davom etishga vaʼda berdi. 1876-yil 23-dekabrda konstitutsiya va vakillik parlamenti tashkil etilishini eʼlon qildi[18]. Konstitutsiya irqi, millati va eʼtiqodidan qatʼi nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlilikni, bekor qilishni, fuqarolik qonunlariga asoslangan mustaqil sud tizimini, umumiy boshlangʻich taʼlimni va ikki palatali parlamentni joriy etdi[18]. Parlament 2 palatali boʻlib, Senat aʼzolarini sulton tayinlashi, Deputatalar palatasi ea xalq tomonidan saylanishi belgilandi.
Konstitutsiya musulmon boʻlmaganlar uchun ham teng huquqlar berishi maʼlum boʻlgach, xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlana boshladi[21]. Midxat Posho sulton Abdulhamid II ga konstitutsiyani tasdiqlatishga muvaffaq boʻldi, ammo sulton 113-moddani kiritdi, bu unga har qanday odamni sudsiz yoki boshqa qonuniy choralarsiz imperiyadan surgun qilish huquqini berdi[21].
Abdulhamid II konstitutsiyaviy tuzumga hech qanday qiziqish bildirmadi, 1877-yil 5-fevralda Midxat Poshoni surgun qildi[18]. Sulton yaxtasida Brindisiga joʻnatilgan Midxat Posho, u yerdan u Fransiya, Ispaniya, Avstriya-Vengriya va Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi, bu yerlarda 1877-1878-yilgi rus-turk urushida Usmonli manfaatlarini ifoda etuvchi risolalar yozdi[22]. Midxat Poshoning Yevropadagi mashhurligi, Buyuk Britaniya bosimi ostida Abdulhamid II unga surgundan qaytishga ruxsat berdi. Midxat Posho 1878-yilning 26-sentyabrida Krit oroliga yetib keldi[23].
Urush tugagach, sulton Abdulhamid II parlamentni tarqatib yubordi va yakka monarx boshqaruviga qaytdi[19].
Suriyaga hokimlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inglizlar aralashuvi tufayli Midxat Posho yana hokimlikka koʻtarildi[15], 1878-yil 22-noyabrda Suriya hokimi boʻldi, bu lavozimda 1881-yilning 31-avgustigacha[24] ishladi. U o‘z faoliyati davomida viloyatni isloh qilishga intildiManba xatosi: Closing </ref>
missing for <ref>
tag.
U Suriyadagi koʻplab arablarni davlat xizmatiga, jumladan, qoimaqom va mutasarriflik lavozimlariga qabul qildi[24]. U matbuotning rivojlanishiga turtki berdi, gazetalar soni o‘n ikkidan oshdi[24]. Yoʻllar qurilishi, xavfsizlikni taʼminlashga ham eʼtibor berildi[24]. U mahalliy boylarni Tripolidagi tramvay tizimi va Bayrut savdo-sanoat palatasini tashkil etish kabi mahalliy loyihalarni moliyalashtirishga jalb qildi[24]. Ammo Istanbuldagi sulton hukumati unga yetarlicha yordam bermayotganini his qilib, lavozimini tark etdi[15].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Midxat Posho qisqa muddat Izmirda Oydin viloyati hokimi sifatida xizmat qildi[25], lekin 1881-yil 17-mayda bu lavozimda bor-yoʻgʻi bir necha oy ishlagandan soʻng hibsga olindi[26]. Adliya vaziri Ahmad Javdat Posho uni Istanbulga olib keldi, unga sulton Abdulazizni oʻldirish aybi qoʻyildi[26]. Soʻroq va sud jarayoni Yulduz saroyida boʻlib oʻtdiManba xatosi: Closing </ref>
missing for <ref>
tag[27]. Biroq sulton hukumati Buyuk Britaniya bosimi uning qatl qilinishiga toʻsqinlik qilganini[15] daʼvo qilishadi, shuning uchun u Hijozdagi Toif qal’asiga qamaladi[28]. Ammo Hijozdagi turk noibi Usmon Posho buyrugʻi bilan1883-yil 26-aprelda Toifdagi qamoqxonada oʻldirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gábor Ágoston. Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009 — 378–379-bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Innes & Philip, Joanna & Mark. Re-Imagining Democracy in the Mediterranean, 1780-1860 (en). Oxford University Press, 2018. ISBN 978-0-19-879816-3.
- ↑ Roderic H. Davison. Reform in the Ottoman Empire, 1856-1876, 1963 — 397-bet.
- ↑ J. Rgen Nielsen. Religion, Ethnicity and Contested Nationhood in the Former Ottoman Space. BRILL, 9 December 2011 — 117-bet. ISBN 978-90-04-21133-9. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedNNp117
- ↑ Toby Dodge. Inventing Iraq: The Failure of Nation-Building and a History Denied. C. Hurst & Co. Publishers, 2003 — 57-bet. ISBN 978-1-85065-728-6. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Hanioglu, M. Sukru. The Young Turks in Opposition. Oxford University Press, 1995. ISBN 0195358023. Qaraldi: 2017-yil 6-may.
- ↑ The Syrian Land: Processes of Integration and Fragmentation : Bilād Al-Shām from the 18th to the 20th Century. Franz Steiner Verlag, 1998 — 260-bet. ISBN 3515073094. Qaraldi: 2017-yil 6-may.
- ↑ Zvi Yehuda Hershlag. Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive, 1980 — 36–37-bet. ISBN 978-90-04-06061-6. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Caroline Finkel. Osman's Dream: The Story of the Ottoman Empire 1300-1923. John Murray, 19 July 2012 — 6–7-bet. ISBN 978-1-84854-785-8. Qaraldi: 2013-yil 11-iyun.
- ↑ M. Th. Houtsma. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL, 1993 — 481-bet. ISBN 978-90-04-09791-9. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Gábor Ágoston. Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009 — 378–379-bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. Gábor Ágoston; Bruce Alan Masters (2009). Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing. pp. 378-379. ISBN 978-1-4381-1025-7. Retrieved 9 June 2013.
- ↑ Selçuk Akşin Somel. The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield, 2010 — 188-bet. ISBN 978-0-8108-7579-1. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ M. Th. Houtsma. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL, 1993 — 481-bet. ISBN 978-90-04-09791-9. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. M. Th. Houtsma (1993). E.J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL. p. 481. ISBN 978-90-04-09791-9. Retrieved 9 June 2013.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 Gábor Ágoston. Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009 — 378–379-bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. Gábor Ágoston; Bruce Alan Masters (2009). Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing. pp. 378-379. ISBN 978-1-4381-1025-7. Retrieved 9 June 2013.
- ↑ M. Th. Houtsma. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL, 1993 — 481-bet. ISBN 978-90-04-09791-9. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. M. Th. Houtsma (1993). E.J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL. p. 481. ISBN 978-90-04-09791-9. Retrieved 9 June 2013.
- ↑ 17,0 17,1 J. Rgen Nielsen. Religion, Ethnicity and Contested Nationhood in the Former Ottoman Space. BRILL, 9 December 2011 — 121-bet. ISBN 978-90-04-21133-9. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 18,3 18,4 Zvi Yehuda Hershlag. Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive, 1980 — 36–37-bet. ISBN 978-90-04-06061-6. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. Zvi Yehuda Hershlag (1980). Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive. pp. 36-37. ISBN 978-90-04-06061-6. Retrieved 9 June 2013.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 Selçuk Akşin Somel. The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield, 2010 — 188-bet. ISBN 978-0-8108-7579-1. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. Selçuk Akşin Somel (2010). The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield. p. 188. ISBN 978-0-8108-7579-1. Retrieved 9 June 2013.
- ↑ James J. Reid. Crisis of the Ottoman Empire: Prelude to Collapse 1839-1878. Franz Steiner Verlag, 2000 — 311–313-bet. ISBN 978-3-515-07687-6. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ 21,0 21,1 Victor Roudometof. Nationalism, Globalization, and Orthodoxy: The Social Origins of Ethnic Conflict in the Balkans. Greenwood Publishing Group, 2001 — 87-bet. ISBN 978-0-313-31949-5. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Brill Academic Publishers. The Encyclopedia of Islam, Volume 6, Fascicules 114a: Preliminary Matter and Binder. BRILL, 1990 — 1034-bet. ISBN 978-90-04-09249-5. Qaraldi: 2013-yil 11-iyun.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedPublishers1990
- ↑ 24,0 24,1 24,2 24,3 24,4 ʻAbd al-ʻAzīz Dūrī. The Historical Formation of the Arab Nation: A Study in Identity and Consciousness. Taylor & Francis, 1987 — 165–166-bet. ISBN 978-0-7099-3471-4. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. ʻAbd al-ʻAzīz Dūrī (1987). The Historical Formation of the Arab Nation: A Study in Identity and Consciousness. Taylor & Francis. pp. 165-166. ISBN 978-0-7099-3471-4. Retrieved 9 June 2013. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Dūrīp165" defined multiple times with different content - ↑ Moše Šārôn. Studies in Islamic History and Civilization: In Honour of Professor David Ayalon. BRILL, 1986 — 372-bet. ISBN 978-965-264-014-7. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ 26,0 26,1 Caroline Finkel. Osman's Dream: The Story of the Ottoman Empire 1300-1923. John Murray, 19 July 2012 — 6–7-bet. ISBN 978-1-84854-785-8. Qaraldi: 2013-yil 11-iyun. Caroline Finkel (19 July 2012). Osmanʼs Dream: The Story of the Ottoman Empire 1300-1923. John Murray. pp. 6-7. ISBN 978-1-84854-785-8. Retrieved 11 June 2013.
- ↑ Halide Edib. House with Wisteria: Memoirs of Turkey Old and New. Transaction Publishers, 2011 — 203–204-bet. ISBN 978-1-4128-1540-6. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ Selçuk Akşin Somel. The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield, 2010 — 188-bet. ISBN 978-0-8108-7579-1. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun. Selçuk Akşin Somel (2010). The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield. p. 188. ISBN 978-0-8108-7579-1. Retrieved 9 June 2013.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Midhat poshoning vafoti, Turkiyadagi buyuk islohotchining faoliyati Nyu-York Tayms (1884 yil 12 may)
- Midhat poshoning hayoti (biografiyasi 1903)
Siyosiy idoralar | ||
---|---|---|
Oldingisi | Grand Vizier of the Ottoman Empire 31 July 1872 – 19 October 1872 |
Keyingisi |
Oldingisi | Grand Vizier of the Ottoman Empire 19 December 1876 – 5 February 1877 |
Keyingisi |
Oldingisi Sabri Pasha
|
Governor of Aidin 1880 – 17 May 1881 |
Keyingisi Ali Pasha
|
Oldingisi | Governor of Ottoman Syria 22 November 1878 – 31 August 1881 |
Keyingisi |