Michigan (koʻl)
Qiyofa
Michigan (mahalliy indeyslar tilida — katta koʻl) — Shimoliy Amerikadagi koʻl, AQSH hududida, Buyuk koʻllar sistemasida. Maydoni 58 ming km², uzunligi 490 km, eni 189 km gacha. Eng chuqur joyi 281 m. Suv sathining balandligi 177 m. Qirgʻoqlari kam parchalangan, past baland. Suv qalqishi yarim sutkalik. Makino boʻgʻozi orqali Guron koʻli bilan, kema qatnaydigan Chikago-Lokport kanali orqali Missisipi daryosi sistemasi bilan bogʻlangan. Michiganning shimoliy qismi dekabr — aprelda muzlaydi. Suvining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi natijasida undagi jonivorlar soni keskin kamaygan. Yirik portlari: Chikago va Miluoki[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |