Kontent qismiga oʻtish

Buyuk koʻllar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buyuk koʻllar – Shimoliy Amerikadagi yonmayon joylashgan 5 katta koʻlning (Yuqori koʻl, Michigan koʻli , Guron, Eri, Ontario) umumiy nomi. AQSH bilan Kanadaning chegara qismida. Maydoni 245,2 ming km². Suvining hajmi 22725 km3. Buyuk koʻllar dunyoda eng katta chuchuk suv havzasidir. Koʻllar bir-birlari bilan qiska, serostona daryolar orqdpi tutashgan. Koʻllar Atlantika okeaniga SanLavrentiy daryosi orkali oqadi. Eri va Ontario koʻllarini bir-biriga bogʻlovchi Niagara daryosida Niagara sharsharasi bor.

Buyuk koʻllar qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 18 ming km. Buyuk koʻllar toʻrtlamchi davr muzliklarining erishidan paydo boʻlgan. Shimoliy qirgʻoqlari baland, qoyali, bularda qizil, qoʻngʻir qumtoshlar, granitlar, gneyslar yaqqol koʻrinib turadi. Janubiy va jan.sharqiy qirgʻoqlari past. Orol koʻp. Chikago shahri yaqinida koʻl suvining temperaturasi yanvarda 0’, avgustda 20°. Dekabrdan aprel oxirigacha muz bilan qoplanadi. Buyuk koʻllar da baliklarning 173 turi bor. Ichki suv yoʻllarining uzunligi 1873 km. Buyuk koʻllar dagi kema yoʻllarining uzunligi 3 ming km atrofida. Buyuk koʻllar atrofdagi daryo va koʻllar bilan ham kanallar orqali qoʻshilgan. Koʻllarda temir rudasi, don, kumir va boshqa yuklar tashiladi. Yirik portlari – Chikago, Detroit, Miluoki, Buffalo, Cleveland, Toronto.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil