Meiva (Gunma)
Meiwa 明和町 | |
---|---|
Shaharcha | |
36°12′40.6″N 139°32′3.2″E / 36.211278°N 139.534222°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Kanto viloyati |
Asos solingan | 1955-yil 1-mart |
Maydon | 1,964 km2 (758 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil oktyabr) |
11 154 |
Zichligi | 570 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0276-84-3117 |
|
Meiva (yaponcha: 明和町 Meiva-machi ) Yaponiyaning Gunma prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 1-oktabr holatiga koʻra, shaharchada 4303 ta xonadonda 11154 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi har kvadrat kilometrga 570 nafardan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 19,64 kvadrat kilometr (7,58 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meiva shimoliy Kanto tekisligida Gunma prefekturasining oʻta janubiy burchagida joylashgan boʻlib, janubda Saitama prefekturasi bilan chegaradosh. Uning sharqdan-gʻarbga tomon uzunligi 11 km (7 mi) ni va shimoldan janubga tomon uzunligi 3 km (2 mi) ni tashkil etadi. Shahardan Tone daryosi oqib oʻtadi. Poytaxt Tokiodan 60 kilometr (37 mi) uzoqlikda boʻlib, uning koʻplab aholisi ish yoki oʻqish uchun Tokioga qatnashadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meyva nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻliq issiq yoz va sovuq qish bilan tavsiflanadi. Meivada oʻrtacha yillik harorat 14,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1291 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,3 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Meiva aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shundan beri bir oz kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 8,191 | — |
1930 | 8,347 | +1.9% |
1940 | 8,385 | +0.5% |
1950 | 10,165 | +21.2% |
1960 | 9,211 | −9.4% |
1970 | 8,496 | −7.8% |
1980 | 9,815 | +15.5% |
1990 | 10,39 | +5.9% |
2000 | 11,474 | +10.4% |
2010 | 11,209 | −2.3% |
2020 | 10,882 | −2.9% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanuki, Umeshima va Chieda qishloqlari 1889-yil 1-aprelda Gunma prefekturasining Ora tumanida Meidzi qayta tiklanishidan keyin zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan barpo etilgan. 1955-yil 1-martda uchta qishloq birlashib, Meiva qishlog‘ini tashkil qiladi. Meiva 1998-yil 1-oktyabrda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meiva toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 12 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Meiva, Ora tumanidagi boshqa munitsipalitetlar bilan birgalikda Gunma prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Gunma 3-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meiva asosan Tokio va yaqin joylashgan Tatebayashi shaharlari uchun yotoqxona jamoasi vazifasini bajaradi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga yapon noki, Kyoho uzumlari[4] , siklamen, chinnigullar va shaftoli kabilar kiradi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meivada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Gunma prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tobu temir yoʻli — Tobu Isesaki liniyasi
- Kavamata
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 122
Gallereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Meiwa Town official statistics“ (Japanese).
- ↑ Meiwa climate data
- ↑ Itakura population statistics
- ↑ Gunma Prefecture (Wayback Machine saytida 2010-01-31 sanasida arxivlangan) Pear Production (yaponcha)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Meiwa, Gunma mavzusiga oid fayllar bor
- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)