Ōizumi (Gunma)
Ōizumi 大泉町 | |
---|---|
Shaharcha | |
36°14′52.2″N 139°24′17.7″E / 36.247833°N 139.404917°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Kanto viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 1,803 km2 (696 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (August 2020) |
41 918 |
Zichligi | 2300 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0276-63-3111 |
|
Ōizumi (yaponcha: 大泉町 Ōizumi-machi ) Yaponiyaning Gunma prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 31-avgust holatiga koʻra, shaharchada 19773 ta xonadonda 41918 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 2300 nafardan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 18,03 km² (6,96 mil²) ni tashkil etadi. Jami aholining taxminan 20 foizini chet el fuqarolari, asosan, yaponiyalik braziliyaliklar tashkil etadi, ular shahardagi koʻplab fabrikalarda ishlaydi. 1990-yildan boshlab xorijiy mamlakatlardan kelgan yapon avlodlariga Yaponiyada erkin qolishga ruxsat berildi. Hisob-kitoblarga koʻra, aholining 15 foizi oʻz ona tili sifatida portugal tilida gaplashadi[2] va 2007-yil holatiga koʻra, Oizumi Yaponiyadagi har qanday shaharda braziliyaliklarning eng yuqori kontsentratsiyasiga ega[3]. Yaqinda nepalliklar va boshqa osiyoliklar ham shaharchaga joylasha boshladilar[4].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oizumi Gunma prefekturasining oʻta janubiy burchagida joylashgan boʻlib, janubda Saitama prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning janubiy qismidan Tone daryosi oqib oʻtadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oizumi nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi sovuq kechadi. Oizumida oʻrtacha yillik harorat 14,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1263 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,3 °C atrofida boʻladi[5].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[6], Oizumi aholisi soni soʻnggi 100 yil ichida sezilarli darajada oʻsgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 8,626 | — |
1930 | 8,902 | +3.2% |
1940 | 12,059 | +35.5% |
1950 | 18,397 | +52.6% |
1960 | 19,128 | +4.0% |
1970 | 25,149 | +31.5% |
1980 | 31,283 | +24.4% |
1990 | 39,232 | +25.4% |
2000 | 41,403 | +5.5% |
2010 | 40,254 | −2.8% |
2020 | 42,089 | +4.6% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Okava va Koidzumi qishloqlari Gunma prefekturasining Ora tumanida 1889-yil 1-aprelda Meidzi restavratsiyasidan keyin zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. Koidzumi 1902-yil 25-iyulda shahar maqomiga koʻtarildi. 1957-yil 31-martda Koizumi Okava qishlogʻi bilan birlashtirildi va nomi Oizumi deb oʻzgartirildi. 2004-yilda qoʻshni Chiyoda va 2008-yilda Ota bilan birlashish rejalari mahalliy shahar assambleyasi tomonidan rad etilgan.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oizumi toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Oizumi, Ora tumanidagi boshqa munitsipalitetlar bilan birgalikda Gunma prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Gunma 3-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oizumi sanoat bazasiga ega, ishlab chiqarish obyektlari, shu jumladan Ajinomoto, Sanyo, Toppan, Maruha Nichiro va Fuji Heavy Industries (ilgari Nakajima aviatsiya kompaniyasining zavodi boʻlgan) singari korxonalar shaharchada joylashgan.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oizumida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda uchta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Gunma prefekturasi Taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi bunyod etilgan.
Xalqaro maktablar:
- Instituto Educational Centro Nippo-Brasileiro — Braziliya maktabi[7]
- Instituto Educational Gente Miuda — Braziliya maktabi[7]
Ilgari shaharda Escola da Professora Rebeka va boshqa Braziliya xalqaro maktabi faoliyat yuritgan[8].
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tobu temir yoʻli — Tobu Koizumi liniyasi
- Nishi-Koizumi — Koizumimachi — Higashi-Koizumi
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 142
Qardosh shahar munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- — Guaratinguetá, São Paulo, Braziliya
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koizumi qal’asi xarobalari
- Ryusenji ibodatxonasi
- Koizumi ziyoratgohi
- Jomon davriga oid Ainohara qoldiqlari (miloddan avvalgi 3500-3000 yillar)
Gallereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ōizumi Town official statistics“ (yaponcha). 8-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Home“. LesteMais.com.
- ↑ Sugino, Toshiko, Ed. D. (Temple University). „Nikkei Brazilians at a Brazilian school in Japan: Factors affecting language decisions and education“ (PhD thesis). Temple University, 2007. Publication Number 3293262. See profile at Google Books. cited: p. 56.
- ↑ „One in ten Tokyoites in their 20s are now foreigners“. Nikkei Asia.
- ↑ „Oizumi climate: Average Temperature, weather by month, Oizumi weather averages - Climate-Data.org“. en.climate-data.org.
- ↑ „Ōizumi population statistics“.
- ↑ 7,0 7,1 "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). Embassy of Brazil in Tokyo. Retrieved on October 13, 2015.
- ↑ "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). Embassy of Brazil in Tokyo. February 7, 2008. Retrieved on October 13, 2015.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)