Kontent qismiga oʻtish

Mavzeyi Xojakalon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavzeyi Xojakalon
Umumiy maʼlumot
Turi majmua
Joylashuvi Buxoro shahri
Egasi Xoja Sa’d Kalonxoja

Mavzeyi XojakalonBuxoro shahrida XVI asrning ikkinchi yarmida Xoja Sa’d Kalonxoja tomonidan qurilgan binolar majmuyi. Bu majmuada hovuz, karvonsaroy, chorbog‘, hammom, xonaqoh, minora, masjid, madrasa mavjud[1].

Majmuadagi inshootlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu ichimlik suv mahzani guldasta shaklidagi binolar o‘rtasida joylashgan. Ixchamgina, pillapoyalari sariq, marmartoshdan. Suvkirar yo‘li Nodir devonbegi hovuzi suv yo‘li bilan tutashtirilgan. Atrofda, qadimiy chorbog‘chilik an’anasiga ko‘ra, oq balxiy tutlar bor.

Xojakalon minorasi Poyi Kalon, Vobkent minorasi hamda Vang‘oziy minorasidan keyin hajm va ko‘rkamlikda 4-o‘rinni egallaydi. Masjid darvozasi o‘ng qanotida. Balandligi 18 metr. Bezak uchun ishlatilgan halqalari (sharafa bilan qo‘shib hisoblaganda) 24 ta. Halqalariga obi g‘isht kesmalari orqali bezak berilgan. Pillapoyalari marmartoshdan. Ostonalariga gujum yog‘ochi ishlatilgan. Boshidagi darichalari 9 ta. Sharafasi juda ko‘rkam. Boshida kulohiy gumbazcha. Aslida u ravzan vazifasini o‘tagan. Minoraga chiqish yo‘li masjid ichkari tomonidan ochilgan. Peshtoq darvozasining guldastasi orqali tomga, minoraga chiqiladi.

Xojakalon obidalari majmuyida joylashgan masjid Buxoro viloyati miqyosidagi barcha masjidlardan tarhi tomonidan ajralib turadi. Masjidi Poyi Kalonga o‘xshashlik tomoni bor. Ichkari sahni juda katta. Usti ochiq. Darvoza ikki yon tomoni bilan tolorlar qatorasiga qurilgan. O‘rtada mehrob. Peshtoq bilan ihotalangan. Peshtoq yuza qismiga vaqtida naqshi kundali bilan bezak berilgan. Bezaklar yillar o‘tishi bilan to‘kilib ketgan. Girihlar o‘rni hali ham mavjud. Bino farshi o‘rtasida obrav qo‘yilgan. Obrav yerosti tazarlariga borib qo‘shiladi. Masjidning asosiy peshtoqi juda hashamatli. Katibasida yozuvlar bilan naqshlar juda ko‘rk bag‘ishlab turgan.

U masjid bilan ro‘parama-ro‘para turibdi. Hovuzdan sharq tomonda. Bino ikki qavatli. Peshtoq qismida to‘qqizta hujra hamda ikkita guldasta bor. Guldastalar usti ko‘shksiz. Sababi, agar xonaqoh yonida minora bo‘lsa, guldasta bosh qismida ko‘shk qurilmaydi.

Karvonsaroy xonaqohning janub tomonida joylashgan. Darvozasi peshtoqli, ikki qavatli. Darvozaning o‘ng va so‘l tomonlari bilan hujralar qurilgan. Pillapoyalari hali ham o‘sha qurilgan paytidagidek ko‘rkam. Ikkinchi qavatda joylashgan hujralar ichi keng. Mehmonxona usulida bino etilgan. Oldi ayvonli.

Xojakalon madrasasi minora bilan bir qatorda turibdi. Minor bilan madrasa o‘rtasida Shohruh arig‘i va katta yo‘l o‘tgan. Madrasa oldida ixchamgina chorbog‘cha ham mavjud. Kiraverish darvozasi hashamatli peshtoq bilan birga juda ko‘rkam ko‘rinadi. Bino tarhi shahardagi boshqa madrasalarga o‘xshamaydi. Peshtoq qismi ikki qavatli. Qolgan uch tomonida hujralar qator qilib qurilgan. An’anaga muvofiq peshtoq bezaklari gulnoriy rangda bo‘lib katibasida oyat naqsh etilgan. Ayni kunda katiba qismidagi bezak va yozuvlar to‘kilib ketgan. Parchinkoriy qilinganligi uchun qolibi turibdi.

Hammomi kunjak

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning asosiy nomi ayollar garmobasidir[2]. Ichkarisi sharafashakl kodok bilan bezatilgan. Asosiy yuvinish xonalariga pillapoya orqali bir metr pastga tushgandan keyin kiriladi. Mavjud yettita xona ichma-ich qurilgan. Xonalarning havosi bir-biridan (issiq va sovuqligi bilan) ajralib turadi.

  1. Ҳусенов С., Ражабова И. Чор Бакр. Тошкент: Шарқ, 2001 — 45-bet. 
  2. Madamiovna K.D. (2023). „Architecture of Traditional Baths in Central Asia“. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. 2(3)-jild. 43-bet.