Kontent qismiga oʻtish

Matsusaka

Koordinatalari: 34°34′40.6″N 136°31′39.3″E / 34.577944°N 136.527583°E / 34.577944; 136.527583
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matsusaka

松阪市
Shahar
Skyline of Matsusaka
Matsusaka
Bayroq
Matsusaka
Gerb
34°34′40.6″N 136°31′39.3″E / 34.577944°N 136.527583°E / 34.577944; 136.527583
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kansai
Prefektura Mie
Hukumat
 • Mayor Masato Takegami
Maydon 623.64 km2 (240.79 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2021-yil iyul)
157 235 kishi
Zichligi 250 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0598-53-4311
Matsusaka xaritada
Matsusaka
Matsusaka
Matsusaka shahar hokimiyati

Matsusaka (yaponcha: 松阪市 Matsusaka-shi?) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharda 66018 ta xonadonda 157235 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 250 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 623,64 kvadrat kilometr (240,79 milya) ga teng. Shahar oʻzining Matsusaka mol goʻshti bilan mashhur.

Matsusaka Kii yarim orolining sharqiy-markaziy qismida, Mie prefekturasining markaziy qismida joylashgan. U Mie prefekturasining kengligi boʻylab choʻzilgan hamda sharqda Tinch okeanidagi Ise koʻrfazi va gʻarbda Nara prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Yoshino-Kumano milliy bogʻi hududida oʻrnashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mie prefekturasi

Nara prefekturasi

Matsusaka nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Matsusakada oʻrtacha yillik harorat 14.8 °C (58.6 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,157.8 mm (84.95 in) eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.1 °C (79.0 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 4.2 °C (39.6 °F) boʻladi.

Kayumi, Matsusaka Kayumi, Matsusaka (1991-2020 normalari, ekstremal 1979-hozirgi) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 19,4 22,7 26,5 31,4 33,7 36,1 38,5 38,9 37,3 31,3 27,3 24,8 38,9
Oʻrtacha maksimal, °C 9,4 10,4 14,1 19,6 24,0 26,7 30,8 31,9 28,0 22,4 1,1 11,9 20,5
Oʻrtacha harorat, °C 4,2 4,7 8,0 13,0 17,8 21,4 25,4 26,1 22,7 17,0 11,2 6,2 14,8
Oʻrtacha minimal, °C −0,5 −0,3 2,3 6,8 12,2 17,1 21,3 21,9 18,6 12,4 6,0 1,2 9,9
Mutlaq minimal, °C −7,2 −6,9 −5,8 −3 2,1 7,2 13,8 13,6 8,8 1,0 −3 −6,1 −7,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 56,1 63,0 115,5 143,3 188,4 231,3 247,0 272,3 400,7 255,4 95,9 61,6 2 157,8
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Matsusaka aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida sekinlik bilan oʻsib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1950147,054—    
1960141,245−4.0%
1970139,161−1.5%
1980153,185+10.1%
1990159,625+4.2%
2000164,504+3.1%
2010168,146+2.2%

Matsusaka Sengoku davrida savdo markazi sifatida rivojlangan va Oda Nobunaganing kichik oʻgʻli Oda Nobukatsu 1580-yilda bu hududda qal’a qurgan. Koʻp oʻtmay, hudud Gamo Ujisato nazorati ostiga oʻtdi va Gamo Yoiho o'rmoni (yaponcha: 四五百森 Yoiho no mori?) da qal’a qurishga kirishadi. Keyinchalik, 1588-yilda mazkur hududni „Matsusaka“ deb nomlaydi, yaʼni „ qaragʻaylar (松) bilan qoplangan qiyalik (坂)“ egan maʼnoni beradi. Matsusaka qal’asi Tokugava syogunatida qisqa muddatli Matsusaka domenining markazi boʻlgan, ammo Edo davrining koʻp qismida qal’a Vakayama qal’asi tomonidan boshqarilgan va Kishu domenining sharqiy posti boʻlgan.

Meydzi restavratsiyasidan soʻng, hudud Mie prefekturasining bir qismiga aylandi. Matsusaka shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Matsusakaning ikkinchi kanji belgisi oʻsha kunlarda 阪 dan 坂 ga oʻzgartirildi. 1893-yil 26-martda shahardagi 1318 ta uy yongʻinda vayron boʻldi. Matsusaka 1933-yil 1-fevralda shahar maqomiga koʻtarildi. 1945-yil 4-fevralda havo hujumi natijasida toʻrt kishi halok boʻlgan Ikkinchi jahon urushida shaharga birozgina zarar yetdi. 1951-yil 16-dekabrda sodir boʻlgan yongʻin natijasida shahardagi 700 ga yaqin uy vayron boʻlgan. 1956-yil 15-oktabrda shahar chetidagi Rokken stansiyasida yirik temir yo‘l halokati ro‘y berdi va 42 kishi halok bo‘ldi. 1982-yil 1-avgustda Bess toʻfoni toʻqqiz kishining hayotiga zomin boʻldi. 1988-yilda shahar oʻzining 500 yilligini rasman nishonladi.

2005-yil 1-yanvarda shahar Mikumo va Ureshino (ikkalasi ham Ichishi tumanidan) va Iinan va Iitaka (ikkalasi ham Iinan tumanidan) shaharlarini oʻzlashtirib, hozirgi chegaralarigacha kengaydi.

Matsusaka toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Matsusaka Mie prefekturasi assambleyasiga toʻrtta aʼzodan hissa qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 1-okrugi tarkibiga kiradi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matsusakada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 36 ta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va 12 ta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat yuqori taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy oʻrta maktab va ikkita xususiy yuqori maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Ilgari Matsusaka shahrida joylashgan Mie Chukyo universiteti 2013-yilda oʻz faoliyatini yakunlagan.

JR Tokai — Kisei magistral liniyasi

  • Rokken — Matsusaka — Tokuwa

JR Tokai — Meisho liniyasi

  • Matsusaka — Kaminoshō — Gongemmae

Kintetsu temir yoʻli — Osaka liniyasi

  • Ise-Nakagava

Kintetsu temir yoʻli — Nagoya liniyasi

  • Ise-Nakagawa

Kintetsu temir yoʻli — Yamada liniyasi

  • Ise-Nakagava — Ise-Nakahara — Matsugasaki — Matsusaka — Higashi-Matsusaka — Kushida — Koishiro

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • E23 Ise tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 23
  • Milliy yoʻnalish 42
  • Milliy yoʻnalish 166
  • Milliy yoʻnalish 368
  • Milliy yoʻnalish 422

Dengiz portlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qardosh shahar munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Matsusaka city official statistics“ (ja).
  2. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
  3. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
  4. Matsusaka population statistics
  5. „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.