Kontent qismiga oʻtish

Xaritagrafiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaritagrafiya (yun. kharto – xarita va grafin) – xaritagrafik asarlarni oʻrganish, yaratish va foydalanish bilan shugʻullanuvchi fan, texnika va ishlab chiqarish sohasi. Hozirgi kunda Xaritagrafiya 3 yoʻnalishda: xaritalar vositasida tabiat va jamiyat hodisalarini hududiy joylashuvi, uygʻunligi va oʻzaro aloqalarini aks ettirish va tadqiq etish haqidagi fan; Xaritagrafiya asarlarini yaratuvchi va foydalanuvchi texnika va texnologiyalar sohasi; Xaritagrafiya mahsulotlarini (xaritalar, globuslar, atlaslar va boshqalar) tayyorlash va bosib chikarish bilan bogʻliq ishlab chiqarish sohasi sifatida rivojlanmoqda.

Xaritagrafiya xaritashunoslik, matematik Xaritagrafiya, xaritalarni loyihalash va tuzish, xaritagrafik semiotika, xaritagrafik dizayn, xaritalarni nashr kilish, xaritalardan foydalanish, Xaritagrafiya manbashunosligi, Xaritagrafiya informatikasi va boshqa ni oʻz ichiga oladi. Xaritagrafiya geodeziya, topografiya va geogr. fanlari bilan uzviy bogʻliq. Xaritagrafiya tadqiqotlari natijalaridan iktisodiyotning turli soxalarida keng foydalaniladi.

Xaritagrafiyaning fan sifatida rivojlanishida yunon olimlari (Anaksimandr, Eratosfen, Apolloniy, Gipparx va boshqalar)ning ishlari muhim ahamiyatga ega. Ular birinchi boʻlib, tasvirlash asosida matematik prinsiplarni qoʻllab, meridian va parallellar toʻridan foydalanganlar. Eratosfen bergan maʼlumotga kura, Yerning ilk xaritagrafik tasvirini Anaksimandr (mil. av. 610— 546 yillar) yaratgan. Eratosfen birinchi boʻlib xaritaga gradus toʻrlarini tushirdi, Yer meridian aylanasi uzunligini hisobladi. Ptolemey Xaritagrafiya proyeksiyalarini yaratish usullari bayonini oʻz ichiga olgan 8 kitobdan iborat „Geografiyadan qoʻllanma“ (qisqacha „Geografiya“) asarini yezdi. U oʻsha davrda maʼlum boʻlgan maʼlumotlarga asoslanib 90 dan ortiq xarita tuzdi va bizgacha yetib kelgan geografik xaritalarning eng birinchi sistemali toʻplamini yaratdi.

9—11-asrlarda yashab, ijod qilgan Xorazmiy, Beruniy, Koshgʻariy, Hofizi Abru kabi buyuk allomalar jahon geogr.si va Xaritagrafiyasining rivojlanishiga salmokdi hissa qoʻshganlar. Xorazmiy Sharqda birinchi boʻlib, Ptolemeyning „Geografiya“ asarini tanqidiy oʻrganib, yangi maʼlumotlar bilan boyitdi va Sharq geograflari toʻplagan maʼlumotlarga tayangan holda yangi „Jahon xaritalari“ni yaratdi. Ushbu xaritalar izohini u „Surat al arz“ asarida bayon etgan. Beruniy Sharqda birinchi boʻlib globus yaratgan (1616) va mustaqil tarzda meridian aylanasi uzunligini hisoblab chiqqan. „Kitob atTafhim“ kitobida ilova tarzida dunyo xaritasini bergan.

13-asr oxiri va 14-asr boshlarida savdosotiq va kemachilikning rivojlanishi, mustamlakalarni kengaytirish maqsadida dengiz va okeanlarda xavfxatarsiz suzish ehtiyoji maxsus navigatsiya xaritalari (portolona)ni yaratishga turtki boʻldi. Teriga chiziqli masshtab asosida tushirilgan bunday xaritalarda qirgʻoq chiziqlari, portlar va ular orasidagi masofalar aniq koʻrsatilgan. Geografik xarita va Xaritagrafiya taraqqiyotida 15-asr alohida bosqich hisoblanadi. Bu davrda kitob nashr etish kashf qilinishi natijasida xaritalarni koʻp nusxada bosish imkoni tugʻildi.

Buyuk geografik kashfiyotlar davrida xaritaga boʻlgan ehtiyoj va munosabatlar ham oʻzgardi. Xaritalar yangi maʼlumotlar bilan boyidi, qita, orol, dengizlar chegaralari aniq belgilandi. 15-asrdan xaritalar ayrim shaxslar tomonidan emas, balki maxsus ixtisoslashgan korxonalar tomonidan tayyorlana boshladi. Natijada xaritalarni yaratish muddati qisqardi, sifati yaxshilandi va anikligi oshdi. Bunday korxonalar dastlab Italiyaning Genuya, Venetsiya va Florensiya kabi yirik savdo shaharlarida vujudga keddi. Oʻsha davrda niderland olimlari Avraam Orteliy (1527— 1598) va G. Merkator Xaritagrafiya rivojlanishiga katta hissa qoʻshganlar.

Ilmfan va texnika rivojlanishi bilan xaritalarga, ularning mazmuni va aniqlik darajasiga boʻlgan talablar ham ortib bordi. 18-asrda Fransiya Fanlar Akademiyasi olimlari gradusni aniq oʻlchab, Yerning shakli va kattaligini hamda G meridian va parallel yoylarining uzunligini aniq hisoblab chiqsilar. Yoylarning uzunligi golland olimi V. Snellius kashf qilgan triangulyatsiya usulida aniklandi. Natijada Yerning shar shaklida emas, balki aylanma ellipsoidga yaqin shaklda ekanligi maʼlum boʻldi.

19-asr oxiri – 20-asr boshlarida davr talabi topografik xaritalarda relyefning aniq tasvirlanishini taqozo etdi. Natijada plan olish ishlari kipregel yordamida bajarilib, relyef esa gorizontallar yordamida tasvirlanadigan boʻldi. 19-asrning 1-yarmida fanning koʻpgina soxalarida ilmiy va amaliy maʼlumotlar toʻplandi. Ularni sistemaga olish va atroflicha oʻrganish zarurati tugʻildi. Maxsus iklim, tuproq, geologik, iktisodiy va boshqa xaritalar tuzila boshlandi. 20-asr boshlariga kelib, yirik masshtabli xaritalar aerofotosʼyomka materiallari asosida yaratiladigan boʻldi. Soʻntti yillarda geografik xaritalarni tuzishda kosmosdan turib olingan suratlar keng qoʻllanadi.

Oʻzbekistonda Xaritagrafiya 20-asr boshlaridan rivojlandi. 1934-yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda yagona boʻlgan Toshkent Xaritagrafiya fabrikasi tashkil etildi. Davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarini mavzuli, siyosiymaʼmuriy, maʼlumotnoma va oʻquv xaritalari va atlaslari bilan taʼminlash vazifasi ushbu fabrika zimmasiga yuklandi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonning barcha xududlari uchun topografik, obzortopografik va obzor xaritalar mavjud. Ular turli mavzudagi xarita va atlaslarni tuzishda asos boʻlib xizmat qiladi. Xoʻjalik, taʼlim va mamlakat mudofaasining xaritalarga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish maqsadida mavzuli va kompleks xarita olishning turli yoʻnalishlari rivojlandi, sistemali yondoshgan holda kompleks xarita olish konsepsiyasi shakllandi. Shu maqsadda aerokosmofotosʼyomka materiallaridan unumli foydalanish yoʻlga qoʻyildi va yangi xaritagrafik asarlar yaratishda turli soha mutaxassislarining hamkorligida katta ilmiyuslubiy ahamiyatga moli k tajriba toʻplandi. 1997-yil 25 aprelda „Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi va amalga kiritildi.

Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonda Xaritagrafiyaning rivojlanishi haqida Geografiya maqolasining Xaritagrafiya qismiga qarang.[1]

  1. Egamberdiyev, Asomberdi. „Xaritagrafiya“ OʻzME. X-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Berlyant A. M., Kartografiya, M., 2002; Egamberdiyev A., Oʻzbekistonda kartografiyaning shakllanishi, hozirgi holati, muammolari va istiqbollari, T., 2001.