Matmurodov Sobir
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Matmurodov Sobir. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Matmurodov Sobir“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Sobir qaydlar • oʻchirish |
Sobir Matmurodov | |
---|---|
Tavalludi |
1915-yil |
Vafoti | avgust 2021-yil (88 yoshda) Fargʻona tumani |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | oʻqituvchi (1933-1976-yillar) |
Partiyasi | KPSS |
Millati | oʻzbek |
Unvoni |
Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi |
Mukofotlari |
Matmurodov Sobir (ruscha: Matmuratov Sabir; 1915 — 1993-yil) — taniqli pedagog, tarixchi, mustaqil tadqiqotchi, „Xalq maorif aʼlochisi“, „Ikkinchi jahon urushi“ qatnashchisi[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobirjon Matmurod oʻgʻli 1915 yilda hozirgi Xorazm viloyati Yangiariq tumanida mohir duradgor Matmurod usta xonadonida dunyoga kelgan. Oilada 8 nafar farzand boʻlib, 7 qizdan keyin tugʻilgan.
Otasi — Matmurod usta duradgor boʻlish bilan birga, Muhammad Rahimxon, Asfandiyorxon va Said Abdullaxonlarning davrida (1920–yilning fevraligacha) xonning mutavallisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. Matmurod usta oʻziga toʻq insonlardan boʻlib, bir qancha yer-mulkka ham egalik qilgan. Quloqlashtirish siyosati boshlangach, yerlari va uy hayvonlari davlat ixtiyoriga oʻtkazilgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]20-yillardagi majburiy mehnat ishlarida ishtirok etgan. Avval, jamoa xoʻjaligida ishlagan. 30-yillarning boshida Xiva shahriga oʻqishga kirib, 1933-yilda yakunlaydi. Shundan soʻng butun umrini oʻqituvchilikka bagʻishlagan. 1933-yildan to 1942-yilga qadar „Yetti yillik toʻliqsiz oʻrta maktab“da ishlagan. Tarixdan ma'lumki, dastlabki tashkil etilgan maktablar nihoyatda sharoiti ogʻir, darsliklar, oʻquv qurollari yetarli boʻlmagan. Koʻpincha maktabni yaxshi baholarga tamomlagan oʻquvchilar maktabda oʻqituvchilik qilishgan. Chunki bu davrda malakali kadrlar yetarli emas edi. Oliy ma'lumotli boʻlganligi bois, ota maktab mudiri sifatida ishlagan.
1941-yilda "Ikkinchi jahon urushi"ning boshlanishi, barcha erkaklarning urushga safarbar etilishi singari voqea va hadisalar sababli maktablar faoliyati bi oz toʻxtagan. 1942-yildagi harbiy chaqiruv qaroriga asosan S.Matmurodov urushga safarbar etiladi. 1946-yil 8-yanvarda urushdan qaytib kelgan. Urushdan keyingi davrda ota yana oʻqituvchilik kasbini davom ettiradi. Dastlab, Lenin, keyinchalik Karl Marks nomli maktablarda direktor lavozimida 1976-yilga qadar faoliyat olib borgan.
Tarix faniga qiziqqanligi va oʻzi ham shu fan boʻyicha yoshlarga bilim berganligi bois, hozirgi Yangiariq tumani hududida mustaqil tadqiqotlar olib borgan. Ushbu hududda joylashgan arxeologik yodgorliklarda dastlabki qazish ishlarini olib borib, ular boʻyicha bir qancha ilmiy hisobotlar tayyorlagan. Qolaversa, arab, fors va rus tillarini yaxshi bilgan.
Mehnat faoliyati davomida oʻzining tashabbuskorligi, talabchanligi, qolaversa, xalq maorif tizimiga qoʻshgan hissasi uchun «Xalq maorifi aʼlochisi» unvoni hamda koʻkrak nishoni va yana bir qancha medallar, faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.
Urushdagi qahramonliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1942-yilda harbiy chaqiruv bilan Matchonov Ollobergan, Rahimov Qadamlar bilan urushga safarbar etiladi. Reja boʻyicha Hazoraspdan oʻtib Pitnakka kelishganda ularni barjaga yuklab, paraxod bilan Chorjoʻy shariga yuborilishi kerak boʻlgan. Biroq paraxod kelmaganligi bois, uch kun Amudaryo boʻyida qolib ketishadi. Ayrim sabablarga koʻra ular uyga qaytishga majbur boʻlishadi. Uyga qaytganda, „Harbiy xizmatdan boʻyin tovlashda ayblanib“ harbiylar tomonidan qoʻlga olinib, Xiva shahriga Ichan qal'adagi Kalta minor yonidagi Muhammad Aminxon madrasasida joylashgan qamoqxonaga olib ketib, qamaydilar. Dastlab, Matchonov Ollobergan va Rahimov Qadamlar aybsiz deya topilib frontga yuboriladi. Dastlab, Sobir Matmurodov barchasiga aybdor sifatida qamoqxonada saqlab qolinadi. Lekin, u oʻz arizasiga binoan qamoqdan ozod etilib frontga yuborish uchun, Chorjoʻy hamda Toshkent shaharlarida joylashgan harbiy tayyorgarlik bilim yurtlariga yuboriladi. U dastlab, K.K.Rakasovskiy qoʻmondonligidagi 2-Belorus frontida jang harakatlarida ishtirok etadi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turmush oʻtogʻi - Sobirova Guljon () - 19 yilda turmush qurishgan. Farzandlari:
- Oʻgʻli — Sobirov Rustambek () - yetti yoshida vafot etgan.
- Qizi — Sobirova Bikajon (1946-yilda tugʻilgan) - fizika fani oʻqituvchisi. Xorazm davlat pedagogika instituti „Fizika-matematika“ fakultetini tamomlagan.
- Oʻgʻli — Sobirov Otaboy (1948-yilda tugʻilgan) - pillakor. Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti ipakchilik yoʻnalishini tamomlagan.
- Oʻgʻli — Sobirov Komiljon (1951-yilda tugʻilgan) - Qishloq xoʻjalik texnikumini tamomlagan. „Xorazm baliq“ MChJda ishlagan.
- Oʻgʻli — Sobirov Bahodir (1953-yilda tugʻilgan)- ingliz tili oʻqituvchisi. Xorazm davlat pedagogika instituti tamomlagan.
- Qizi — Sobirova Rajabbibi (1956-yilda tugʻilgan) - uy bekasi.
- Qizi — Sobirova Dilorom (1958-yilda tugʻilgan) - matematika fani oʻqituvchisi. Xorazm davlat pedagogika instituti „Fizika-matematika“ fakultetini tamomlagan.
- Qizi — Sobirova Gavharposhsho (1960-yilda tugʻilgan) - bolalar bogʻchasida tarbiyachi, keyinchalik mudira boʻlib ishlagan.
- Qizi — Sobirova Anagul (1962-yilda tugʻilgan) - matematika fani oʻqituvchisi. Xorazm davlat pedagogika instituti „Fizika-matematika“ fakultetini tamomlagan.
- Oʻgʻli — Sobirov Nuriddin (1964-yilda tugʻilgan) -
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Unvoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Xalq maorif aʼlochisi“ — ta'lim tizimidagi uzoq yillik samarali mehnat faoliyati hamda ushbu soha rivojlanishiga qoʻshgan xizmatlari uchun.
Ordenlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „I darajali «Vatan urushi ordeni» (28.12.1985)[2]
Medallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Jangovar xizmatlari uchun» medali (01.12.1944)[3]
- «Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun» medali
- «Shavkatli mehnati uchun.Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi» munosabati bilan ta’sis etilgan medal
- «Leningrad mudofaasi uchun» medali
- «1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun» medali (09.05.1945)[4]
- «1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi» yubiley medali
- «1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi» yubiley medali
- «1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi» yubiley medali
- «1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi» yubiley medali
- «Kenigsbergni ozod qilganlik uchun» medali
- «Mehnat faxriysi» medali
- «SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi» yubiley medali
- «SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi» yubiley medali
Esdalik nishonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Gvardiya» koʻkrak nishoni
- «Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 25 yilligi» belgisi koʻkrak nishoni
- «SSSR maorif tizimining tashkil topganligiga 50 yil.1922-1972» esdalik nishoni
- «Ikkinchi zarbdor armiya faxriysi» nishoni
- «Leningrad qamalining tugaganligiga 40 yil» nishoni
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015 yilda „Matmurodov Sobir ota tavalludining 100 yilligi“ Yangiariq tumanida keng nishonlanilib, „Xotira“ turniri tashkil etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Матмуратов Сабир“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ „Юбилейная медальная картотеке Сабира Матмуродова“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ „Документ о награждении Матмуродова Сабира медалью «За боевые заслуги».“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ „Документ о награждении Матмуродова Сабира медалью «За победу над Германией в Великой Отечественной войне 1941-1945 годов».“. pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 5-may 2024-yil.