Kontent qismiga oʻtish

Pitnak

Koordinatalari: 41°13′20″N 61°18′24″E / 41.22222°N 61.30667°E / 41.22222; 61.30667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pitnak
shahar
41°13′20″N 61°18′24″E / 41.22222°N 61.30667°E / 41.22222; 61.30667
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Xorazm viloyati
tuman Tuproqqal'a tumani
Aholisi
 (2001)
40 215
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pitnak xaritada
Pitnak
Pitnak

Pitnak — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani hududidagi shahar (1974-yildan). Amudaryoning chap sohilida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi (Urganch shahri) gacha 90 km, tuman markazi (Hazo-rasp shahri)gacha 34 km. Aholisi 40,2 ming kishi (Pitnak qishlogʻi va Tuproqqalʼa hududi aholisi bilan birga; 2001), asosan, oʻzbeklar (95%), shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Pitnak tarixiy joy nomi boʻlib Beruniy asarlarida ham uchraydi.

Pitnak vohasi sugʻorish uchun qulay boʻlganligi sababli bu yerlarda mil. avvalgi asrlarda ham odamlar yashaganligi maʼlum (Kaparas, Elharas, Humbuztepa kabi kalʼa va tepaliklar oʻrnida olib borilgan arxeologik qazishmalar buni tasdikdaydi). 16-asr boshlarida Xiva xonligi tashkil topganda Pitnak vohasi noiblik boʻlgan. 1873-yilda Kaufman boshchiligidagi rus qoʻshinlari Pitnak ni ham bosib olishgan. 1920-yilgacha noiblik boʻlib turgan. 1920—27 yillarda esa tuman maqomini olgan. Keyinroq shu atrofdagi 4 ta qishloq birlashtirilib Pitnak deb atalgan. 1924-yilning boshida Pitnak da shoʻrolar hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolon boʻlib oʻtgan. "Pitnak" soʻzi qad. xorazmiy tilida "Pita — yer, taqir, nak — kichik, yaʼni "kichkina yer" maʼnosida ishlatilgan. 1969-yil Tuyamoʻyin gidrouzelini qurish boshlanishi jarayonida Pitnak qishlogʻi yonidagi dasht yerda Drujba shahri quriddi. 1992-yil 16-martda yon atrofdagi Sorimoy, Tuproqqalʼa va Pitnak qishloqlari ham Drujba shahri kengashining maʼmuriy qaramogʻiga oʻtkazidsi va 1998-yil gacha shu nom (Drujba) bilan yuritildi.

Pitnak da 6 sanoat korxonasi, 16 qurilish, 7 transport va aloqa, 7 savdo va maishiy xizmat, 200 oʻrta va kichik biznes, 2 qoʻshma korxonalari, Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi, Tuyamoʻyin GES, "Tuyamoʻyin — Urganch" suv tozalash in-shooti, shakarqand, paxta tozalash zavodlari va boshqa yirik korxonalar mavjud.

Shaharda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi zavodlar va yirik sexlar ishlab turibdi. Pitnak hududidan temir yoʻl, respublika ahamiyatidagi Urganch—Toshkent magistral avtomobil yoʻli oʻtgan. 19 umumiy taʼlim maktabi, litsey-internat, kasb-hunar maktabi, madaniyat uyi, kutubxona bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil