Kontent qismiga oʻtish

Markiz orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markiz orollari - Tinch okeanning markaziy qismidagi vulkan orollari guruhi, Polineziyasa. Fransiya mulki. Maydoni 1049 km². Eng yirik orollari: Nukuxiva va Xiva-Oa. Zamini bazalt va tuflardan tashkil topgan. Eng baland joyi 1259 m. Qirgʻoklari qoyali, tik. Iklimi tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 22° dan past boʻlmaydi. Yiliga 1000 mm gacha, shamolga roʻpara yon bagʻirlarda esa 2500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Orollar sernam tropik oʻrmonlar va butazorli savannalar bilan qoplangan. Kokos palmasi, paxta, banan, kofe plantatsiyalari bor. Baliq, marvarid va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Turizm rivojlangan. Markiz orollarini 1595-yilda ispan dengizchi sayyohi A. Mendanyade-Neyra tadqiq etgan va Peru vitseqiroli markiz Mendosa sharafiga shunday atagan. Maʼmuriy markazi — Taioxae.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil