Polineziya
Polineziya (qadimgi yunoncha: πολύς (poli) va νῆσος (nesos) — orol) — Okeaniyadagi orollar. Tinch okeanning markaziy qismida, 23°30’ shahrik. — 28° j.k. va 176° shq.u. — 109°20’ gʻ.u.lar oraligʻida. Polineziya tarkibida Tonga, Gavayi, Tuvalu, Feniks, Tokelau orollari, Kuk arxipelagi, Gʻarbiy Samoa, Sharqiy Samoa, Layn, Tubuai, Markiz orollari, Pasxa orol, Jamiyat orollari, Tuamotu orollari va boshqa bor. Maydoni 26 ming km². Orollarning aksari qismi vulkan otilishi natijasida paydo boʻlgan yoki marjon orollardir. Vulkan orollari relyefi togʻlik (eng baland joyi 4205 m, Gavayi oroldagi Mauna-Kea soʻngan vulkani), marjon orollarining yer usti yassi va pasttekislik. Gavayi, Samoa va Tonga orollarida harakatdagi vulkanlar mavjud. Foydali kazilmalardan fosforit, boksit konlari bor. Orollar marjon riflari bilan oʻralgan. Iqlimi ekvatorial, tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha yillik temperatura 22—26°. Yillik yogʻin 1500 mm dan 3500 mm gacha, kuchli dovullar boʻlib turadi. Orollar doim yashil subekvatorial va tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, shamolga teskari yon bagʻirlar savannalardan iborat. Sohillarda kokos palma-si, non daraxti, pandanuslar usadi. Kofe, kakao, kauchukli daraxtlar oʻstiriladi. Shakarqamish, ananas, sholi, yams, maniok yetishtiriladi. Dengiz hayvonlari ovlanadi, marvarid olinadi. Xalqaro turizm rivojlangan. Polineziya orollari yevropaliklarga 16-asr oxiridan maʼlum.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |