Mamnun Husayn
Mamnun Husayn | |
---|---|
12-Pokiston Prezidenti | |
Mansab davri 2013-yil 9-sentyabrdan – 2018-yil 9-sentyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Asif Ali Zardoriy |
Vorisi | Orif Alviy |
Sind viloyati gubernatori | |
Mansab davri 1999-yil 19-iyundan – 1999-yil 12-oktyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Muinuddin Haydar |
Vorisi | Azim Dadupota |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-dekabr 1940-yil Agra |
Vafoti |
14-iyul 2021-yil (80 yoshda) Karachi |
Dini | Islom |
Mamnun Husayn (urdu: ممنون حسین, inglizcha: Mamnoon Hussain; 23-dekabr 1940, Agra) – Pokiston davlat va siyosat arbobi, mamlakatning 12-Prezidenti.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1940-yil 23-dekabrda Hindistonning Agra shahrida urdu tilida soʻzlashuvchi sanoatchi oilasida tugʻilgan. Britaniya Hindistoni boʻlinganidan keyin, 1947-yilda uning ota-onasi Karachiga kelishdi. Mamnunning otasi toʻqimachilik fabrikasiga asos solgan[1][2][3][4].
Mamnun 1960-yilda Karachidagi mahalliy oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, biznes boshqaruvi institutiga oʻqishga kirdi[5][6]. 1999-yilda Sind gubernatori lavozimida ishlagan, ammo general Musharraf boshchiligidagi harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatdan chetlashtirilgan[7]. 2013-yil 30-iyulda Mamnun Pokistonning 12-prezidenti etib saylandi[8][9]. 2013-yil 9-sentyabrda uning prezidentlik muddati boshlandi. 2018-yil 4-sentyabrda Orif Alviy yangi prezident etib saylanganida Mamnun Husayn isteʼfoga chiqdi[10][11].
2021-yil 14-iyulda Karachida 80 yoshida vafot etdi[12][13]. 2020-yil fevral oyida unga saraton tashxisi qoʻyilgandi[12][14][15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mamnoon Hussain most likely to replace Zardari“. The News (21-iyul 2013-yil). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2013-yil.
- ↑ Mamnoon strongest PML-N candidate
- ↑ Official Website - Sindh Governor House Pakistan, 2016-07-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-03-05
- ↑ Profile of presidential candidate Mamnoon Hussain
- ↑ „Mamnoon Hussain most likely to replace Zardari“. The News (2013-yil 21-iyul). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-iyul.
- ↑ „Mamnoon strongest PML-N candidate“. 2013-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
- ↑ „Official Website — Sindh Governor House Pakistan“. 2016-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
- ↑ Profile of presidential candidate Mamnoon Hussain
- ↑ „Presidential elections: PML-N picks Mamnoon Hussain for top job“. 2021-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
- ↑ „Архивированная копия“. 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
- ↑ „Ариф Алви стал новым президентом Пакистана“. РИА Новости (2018-yil 4-sentyabr). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
- ↑ 12,0 12,1 „Умер бывший президент Пакистана Мамнун Хусейн“ (ru). РИА Новости (2021-yil 14-iyul). 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
- ↑ „Former president Mamnoon Hussain passes away in Karachi at 80“. Dawn (2021-yil 14-iyul). 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
- ↑ „Former Pakistan president Mamnoon Hussain passes away“ (en). The Hindu (2021-yil 15-iyul). 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
- ↑ Presidential elections: PML-N picks Mamnoon Hussain for top job